Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Oylik tugadi, ammo...
Oylik tugadi, ammo...

Yo‘llarimizda avtomashinalar soni kun sayin ko‘payib borayotgani barobarida transport vositalari bilan bog‘liq noxushliklar, avtoavariyalar soni ham ortgani tashvishlanarli hol. Bu esa yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida keskin chora-tadbirlar belgilashni talab etmoqda. Tahlillardan ko‘rinishicha, 2010 yilda viloyat bo‘yicha 132 069 ta avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 195 135 tani tashkil etib, 5 yil ichida 63 066 ta transport vositasiga ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.

Buning natijasida asosiy magistral ko‘chalarda har bir harakatlanish tasmasi amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangani bo‘yicha soatiga o‘rtacha 850 ta avtomobil o‘tkazish o‘rniga, hozirgi vaqtda 3800 tagacha avtomobil o‘tkazmoqda va ortiqcha yuklanishda ishlamoqda. Ayniqsa, Buxoro shahrining bir qator ko‘chalarida tirbandliklar yuzaga kelib, harakatni tartibga solish borasida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Ana shu nuqtai nazardan, viloya¬timizda joriy yil 20 iyulidan 20 avgustiga qadar "Harakat xavf¬sizligi oyligi" e’lon qilindi va tegishli korxona va tashkilotlar, xizmatlar zimmasiga qator vazifalar yuklandi. O‘rganishlar jarayonida 2014 yilda viloyatimiz markazidagi 4 ta chorraha va ko‘chada tirbandliklar kuzatilgan bo‘lsa, 2017 yilda esa bunday holat 8 ta ko‘cha va 13 ta chorrahada qayd etildi. Ko‘rinib turibdiki, mazkur muammo yechimi hal etilmas ekan, yaqin yillarda yo‘l harakati ishtirokchilarining harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l va ko‘chalarda transport vositalarining harakatini boshqarish izdan chiqadi va nazorat qilib bo‘lmasligi natijasida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu yil 2 iyul kuni ertalab soat 5.15larda "M-37" avtomagistralining viloyatimizdan o‘tgan "Buxoro—G‘ijduvon" yo‘nalishi 250-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi Botirov Dostonbek Yusuf o‘g‘li Kuryazova Maqsuda Shamuratovnaga tegishli bo‘lgan "Neksiya" rusumli 90L 398 GA davlat raqam belgili avtomashinani yuqori tezlikda beton to‘siqqa keltirib urgan.Natijada qattiq toliqqanidan rulda uxlab qolgan haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi, 1967 yilda tug‘ilgan Ergash Samandarov tan jarohati olib kasalxonaga tushishdi.

Yoki 22 iyul kuni yarim tunda Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi "Galaosiyo-Choruq-Romitan" avtomobil yo‘lida ro‘y bergan og‘ir yo‘l-transport hodisasi fojia bilan intiho topdi. 1980 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan Faxriddin Qalandarov To‘rtko‘l shahridagi "Amangeldiyev Umurbek" davlat xo‘jaligiga tegishli, 95 748 RAA davlat belgili "Kobalt" avtomashinasini boshqarib borayotib, yo‘l bo‘yida uni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaroni urib yuborgan. Keyinchalik jabrdiydaning shaxsi aniqlangan 1983 yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan O‘lmas Ochilov Romitan tumani kasalxonasida hayotdan bevaqt ko‘z yumdi.

Umuman, bu kabi misollarni yetarlicha keltirish mumkin. Joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan tadbirlar jarayonida yengil taksi haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari 18120 taga yetgani nihoyatda tashvishlanarli. Bundan 259 ta holatda avtomashinani spirtli ichimlik istemol qilgan, mast holda boshqarish, 1277 ta holatda yo‘l belgisiga rioya qilmaslik, 921 ta holatda tegishli hujjatlarsiz boshqarish, 645 ta holatda belgilangan tezlikni oshirish, 142 ta holatda esa transport vositasini texnik nosoz holda boshqarish va boshqalar rasmiylashtirilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan yo‘lovchi tashuvchi uyushmalar rahbarlariga tegishli chora ko‘rish uchun viloyat "O‘zavtodaryotrans" agentligi va Buxoro shahar transport departamentiga 2 ta taqdimnoma kiritilganiga qaramasdan, bu borada ijobiy o‘zgarishlar sezilmayapti.

Xuddi shunday, Buxoro avtoshoh bekati "Yo‘lovchiservis" MChJga qarashli bo‘lib, avtoshohbekat ichki hududida fuqarolar xavfsizligini taminlash borasida ishlar talab darajasida tashkil etilmagan. Shu sababli avtoshohbekatda yo‘lovchilar va ularga tegishli yuklarni, avtobuslar va boshqa yo‘lovchi tashish transporti yukxonalarini tekshirish ishlari umuman amalga oshirilmayapti.Albatta, bu borada keskin ta’sir choralari ko‘riladi.

"Harakat xavfsizligi oyligi" yakunlandi. Ammo yo‘llarda harakatlanganda barchamiz yaxshi bilgan oddiy qoidalarga amal qilsak, yo‘l-transport hodisalari oldini olish nafaqat yo‘l-patrul xizmati xodimlarining, balki har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligini unutmasak, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Orqaga Chop Etish  185 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation