Bosh sahifa /  Yangiliklar /  O‘zbekiston va Rossiya mahsulot ayirboshlash hajmini 8−10 mlrd dollarga yetkazishni ko‘zlamoqda
O‘zbekiston va Rossiya mahsulot ayirboshlash hajmini 8−10 mlrd dollarga yetkazishni ko‘zlamoqda

O‘zbekiston va Rossiyaning avtosanoat, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati va farmatsevtikadagi sanoat kooperatsiyasi o‘zaro savdo hajmini diversifikatsiya qilish va uning hajmini yaqin ikki yilda yiliga 8−10 mlrd dollarga yetkazishga imkon tug‘diradi. Bu haqda 3 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-rus biznes-forumida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov forumni ochar ekan, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat kooperatsiyasidagi yuqori natijalarni qayd etib o‘tdi.

Jumladan, «KAMAZ» kompaniyasi bilan O‘zbekistonda og‘ir tijoriy avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini aytib o‘tdi. Shuningdek, «UAZ» va «AvtoVAZ» korxonalari uchun mahalliy ehtiyot va butlovchi qismlar yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari Rossiyaning Samara va Leningrad viloyatlarida GM Uzbekistan avtomobillarini sanoat miqyosida yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha rejalar to‘g‘risida so‘zlab berdi. «Rostselmash» kompaniyasi Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida yem-xashak o‘rish texnikasini yig‘ishga kirishdi.

Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov yarim yillik yakunlari bo‘yicha Rossiya O‘zbekiston tashqi savdo hamkorlari orasida birinchi o‘ringa qaytganini ma’lum qildi.

«Biz o‘sishni ko‘rmoqdamiz, ushbu tamoyil past bazali vaqtinchalik sapchish emas, balki barqaror vektorga aylanishi uchun biz hozircha qog‘ozdagi mavjud kelishuvlarni yangi o‘zaro manfaatli loyihalarga aylantirishimiz zarur», — dedi u.

Vazirning fikricha, ishlar uchta strategik yo‘nalishda borishi lozim. Ulardan biri — mahsulot aylanmasi va yakuniy mahsulotlarni diversifikatsiya qilishdan iborat.

«Hozirda ushbu hajmning 90 foizdan ziyodini noxom ashyoviy mahsulotlar tashkil etadi, biz yuqori texnologiyali sektorlarda hamkorlikni rivojlantirishimiz zarur. Biz o‘zbek ishlab chiqaruvchilari bilan manfaatlar mojarosiga bormaslik uchun yetkazib beruvchi nomenklaturani kengaytirishga tayyormiz», — dedi Denis Manturov.

Farmatsevtikada bu silga qarshi, antiviruslar va saratonga qarshi dori vositalari, tibbiyotda — imkoniyati cheklangan bolalar uchun mahsulotlar, mashinasozlik sohasida — qishloq xo‘jaligida raqobatbardosh texnikalar va yo‘l-qurilish texnikalari bo‘lishi mumkin.

«Avaisozlik sohasiga kelsak, tez orada o‘rtafyuzelyajli MC-21 samolyotining innovatsion seriyasi chiqishni boshlaydi, u global bozorda buyurtmalar portfeliga ega bo‘lib bormoqda. Vertolyot texnikasi bo‘yicha transport, tibbiy, o‘t o‘chirishga mo‘ljallangan MI-171, K-32, „Ansat“ modifikatsiyalarini yetkazib berish imkoniyati mavjud», — deya sanab o‘tdi sanoat va savdo vaziri.

U O‘zbekistonda erkin konvertatsiyalanuvchi valyutalarning joriy etilishi ishlab chiqaruvchilarga xarid hajmlarini rejalashtirish va iqtisodiyotni oldindan hisob-kitob qilishga xalal beruvchi jiddiy to‘siqni bartaraf etishga imkon berganini ta’kidlab o‘tdi.

Yana ikki strategik yo‘nalish — O‘zbekiston sanoat sektorida yirik infratuzilmaviy va sohaviy qayta o‘zgartirishlar doirasidagi kooperatsiya, shuningdek ikki mamlakat avtosanoati, stanoksozlik va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqishda hamkorlikdagi yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishdan iborat.

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev ikki mamlakat yillik mahsulot ayirboshlash hajmini yaqin ikki yilda 8−10 mlrd dollarga yetkazish rejalari to‘g‘risida ma’lum qildi.

TSV rahbari O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha «yashil koridor» faoliyati samaradorligini qayd etdi. Uning yetkazib berish hajmi 2017 yil yakunlari bo‘yicha kutilayotgan 500 mln dollar o‘rniga yiliga 1 mlrd dollarga qadar yetishi mumkin.

«Biz to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ham „yashil koridor“ shakllantirish taklifini kiritdik», — dedi Elyor G‘aniyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mazkur sektorda mahsulot aylanmasi hajmini 2018 yilda 700 mln dollarga yetkazishga imkon beradi.

Orqaga Chop Etish  231 |   04-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation