Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Murojaatlar e’tiborsiz qolmaydi.
Murojaatlar e’tiborsiz qolmaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil  22-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” - degan g’oya davlat idoralari faoliyatiga asosiy mezon sifatida belgilab berildi.

Shuningdek, Prezidentimiz avvalo 2017-yil davomida mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun davlatimiz hamda jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilganligini ta’kidlab o’tdilar.

Bu borada “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim qadam bo’ldi.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, Davlat dasturi doirasida 2017-yili qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonun fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shiddat bilan o’zgarib borayotgan zamonda fuqarolarning talab va ehtiyojlari bilan bir qatorda ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortib borayapti, huquqiy madaniyati yuksalib bormoqda.

Buni davlat va jamoat tashkilotlariga yo’llanilayotgan og’zaki, yozma va elektron murojaatlardan ham bilib olish qiyin emas.

Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasiga 2017-yil davomida  603 ta, shundan, 98 ta yozma va 505 ta og’zaki murojaatlar qayd etilgan.

Bundan tashqari, har oyda boshqarma rahbariyati ishtirokida Buxoro viloyatining tuman va shaharlarida aholi va tadbirkorlar bilan sayyor qabullar hamda yig’ilishlar o’tkazilib kelinmoqda. O’tkazilgan sayyor qabullar davomida ham aholi va tadbirkorlar tomonidan og’zaki murojaatlar kelib tushmoqda. Qayd etilgan og’zaki murojaatlarda ko’tarilgan masalalar tezkorlik bilan qonuniy hal etish choralari ko’rilgan.

Qonuniy hal etilgan murojaatlarga birgina misol, 2017-yil 25-yanvarda o’tkazilgan sayyor yig’ilishda “Amir Damir Servis” MChJ direktori F.Ergashov so’zga chiqib, korxona tomonidan ochiq turdagi bojxona ombori faoliyatiga litsenziya berishni so’rab murojaat qilgan va tegishli hujjatlarni sayyor qabul raisiga o’sha zahoti taqdim etgan. Mazkur hujjatlar tezkorlik bilan bojxona organi mutasaddi xodimlari tomonidan o’rganilgan va korxona tomonidan ochiq turdagi bojxona ombori faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziya berilishi ta’minlangan.

Yana bir misol, Buxoro viloyatida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tekshiruv organlari rahbarlari tomonidan 2017-yilning  7-8-sentyabr kunlari sayyor qabullar o’tkazilgan. Jumladan, Davlat bojxona qo’mitasi Raisi tomonidan 2017-yilning 7-sentyabr kuni Buxoro shahri, G’ijduvon tumani va Olot tumanlarida fuqarolar bilan o’tkazilgan sayyor qabullari o’tkazilgan.

Buxoro shahrida o’tkazilgan sayyor qabulda “Buxoro suv xizmati” MChJ rahbari Jalolov Javohir bugungi kunda Rossiya Federatsiyasidan temir listlarini import qilib olib kelganligini, mazkur tovarlar bo’yicha hisoblangan bojxona to’lovlarini to’lashga korxonaning yetarli mablag’i mavjud emasligini hamda bojxona to’lovlarini to’lashdan imtiyoz so’rab murojaat qilgan.

Shundan so’ng, jamiyat rahbariga bojxona to’lovlaridan ularni to’lamaslik bo’yicha imtiyoz berish bojxona organlari vakolati doirasiga kirmasligi haqida tushuntirilgan. Ammo mazkur tovarlar bo’yicha hisoblangan bojxona to’lovlarini bo’lib-bo’lib to’lashga bojxona organlari vakolati doirasiga kirganligi sababli J.Jalolovga jamiyat tomonidan import qilingan tovarlarga hisoblangan bojxona to’lovlarini bo’lib-bo’lib to’lashga ruxsat berish bo’yicha amaliy yordam ko’rsatilgan. Jamiyat tomonidan import qilingan tovarlarga hisoblangan bojxona to’lovlarini bo’lib-bo’lib to’lash orqali bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan. 

Shuningdek, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etishlarini soddalashtirilgan usullari va yo’llari amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda.

Jumladan, bevosita davlat organlariga onlayn-murojaatlar MY.GOV.UZ yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning PM.GOV.UZ elektron manzilidagi virtual qabulxonasi orqali amalga oshirilishi yo’lga qo’yilgan.

2018-yilda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Prezident virtual qabulxonasi orqali jami 4 ta elektron murojaatlar kelib tushgan. Barcha murojaat o’z muddatida qonuniy tartibda ko’rib chiqilgan.

Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimining mazkur mexanizmlari asosida hamyurtlarimiz uchun ko’plab qulayliklar taqdim etildi. Shu asosda vaqt, masofa, sarf-xarajatdan yutish imkoniyati yaratildi. Bu esa aholi va davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yanada optimallashtirishga yo’naltirilgani bilan dolzarbdir.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 120 dan ortiq davlat organlariga bevosita elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Shu jumladan, bojxona organlariga tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 8 turdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirilishi yuzasidan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi yurtimiz aholisi va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan o’z faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, jumladan, bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog’liq bo’lgan har qanday masalalar yuzasidan Davlat bojxona qo’mitasi Raisining www.bojxona.uz yoki www.customs.uz internet manzilidagi virtual qabulxonasi orqali yoxud Davlat bojxona qo’mitasining(0371-120-76-33) va viloyat bojxona boshqarmasining ishonch telefonlari(0365-221-61-00) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, bevosita rahbariyat bilan har kuni soat 0800dan soat 2000gacha bevosita shaxsan uchrashgan holda murojaat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi

katta inspektori, bojxona xizmati kapitani

Sulaymonov Nuriddin

Orqaga Chop Etish  433 |   23-02-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 63
  • Ko`rib chiqilmagan: 24
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

26-06-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation