Bosh sahifa /  Yangiliklar /  O‘zbekiston aholisi 32,5 milliondan oshdi
O‘zbekiston aholisi 32,5 milliondan oshdi

1 oktyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi yil boshidan buyon 391,4 ming kishi yoki 1,2 foizga oshib, 32 million 511,9 ming nafarga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining choraklik hisobotida so‘z boradi.

Shahar aholisi soni 16 million 451,9 ming kishini yoki umumiy aholining 50,6 foizi, qishloq aholisi esa 16 million 60 ming kishi yoki 49,4 foizni tashkil etdi.

Yanvar-sentyabr oylarida tug‘ilishlar soni 523,6 mingni (2016 yil yanvar-fevralida — 532,4 ming kishi yoki 8800 nafar ko‘proq), tug‘ilish koeffitsiyenti 21,7 promilleni tashkil etdi.

Tug‘ilish koeffitsiyenti Xorazm (20,7 dan 19,5 promillegacha), Buxoro (20,6 dan 19,5 gacha), Farg‘ona (21,9 dan 20,8 gacha), Toshkent (20,2 dan 19,2 gacha), Qashqadaryo (24,7 dan 23,8 gacha), Namangan (23,5 dan 22,6 gacha), Andijon (22,9 dan 22,1 gacha), Navoiy (22,3 dan 21,7 gacha) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (20,7 dan 19,5 promillegacha) eng ko‘p kamaygan.

Yilning to‘qqiz oyi davomida vafot etganlar soni 116,9 ming kishini (2016 yilning shu davrida — 108,9 ming yoki 8000 taga kam) tashkil etdi, o‘lim koeffitsiyenti 4,8 promilledan (4,6 promille) iborat bo‘ldi.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Andijon (4,8 dan 5,3 promillegacha), Namangan (4,3 dan 4,8 gacha), Jizzax (3,9 dan 4,3 gacha) viloyatlarida eng yuqori o‘sish qayd etildi. Qashqadaryo (4,1 promille), Buxoro (4,3), Jizzax (4,3) va Samarqand (4,3) viloyatlarida o‘lim darajasi eng past bo‘lgan.

Jami o‘lim holatlarining 60,5 foiziga qon aylanish tizimi kasalliklari sabab bo‘lgan bo‘lsa, 9,2 foizi — yangi paydo bo‘lgan, 6,2 foizi — baxtsiz hodisalar, zaharlanish va jarohatlar, 5,6 foizi — ovqat hazm qilish organlari, 4,9 foizi — nafas olish, 1,7 foizi — infeksion va parazitar hamda 11,9 foizi — boshqa xastaliklar sababli sodir bo‘lgan.

Yanvar-sentyabr oylarida FHDYO idoralarida 192,7 ming nikoh va 23,6 ming ajrim qayd etildi.

To‘qqiz oy davomida mamlakatga 120,8 ming kishi kelib, 136,1 ming kishi chiqib ketdi. Migratsiya saldosi minus 15,3 ming kishini tashkil etdi. 2016 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 20,7 ming kishidan iborat bo‘lgan.

Orqaga Chop Etish  107 |   06-11-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation