Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Sportchilarimiz tantanali kutib olindi
Sportchilarimiz tantanali kutib olindi

Turkmaniston poytaxti Ashxabad shahrida Yopiq inshootlardagi jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqa dasturidan o‘rin olgan 21 sport turi bellashuvlari birin- ketin nihoyasiga yetayapti.

Ta’kidlash kerakki, qadriyatlarimizni ifoda etadigan milliy kurashimiz xorijda tobora ommaviylashib borayotir. Buni Osiyo o‘yinlari ham yaqqol ko‘rsatdi. Mazkur sport turida qit’adagi 37 ta mamlakat polvonlari bellashdi. Unda o‘zbek kurashchilari turli vazn toifalarida 9 ta oltin, bitta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yakshanba kuni mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari respublikamizga qaytib keldi. Ular yurtimizning janubiy chegara hududi—Olot tumanida karnay va surnay sadolari ostida gullar bilan kutib olindi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Sh.Salomov va boshqalar polvonlarimizni O‘zbekistonimiz sharafini munosib himoya qilgani bilan tabriklab, navbatdagi musobaqalarda muvaffaqiyat tiladilar.

Ashxabaddagi kurash bahslarida viloyatimiz vakili, olotlik Gavhar Xudoyqulova ham sovrindorlar safidan munosib o‘rin oldi.U dastlab Eron kurashchisi, so‘ngra mo‘g‘ulistonlik raqibasini mag‘lub etdi. Biroq Turkmaniston terma jamoasi a’zosiga qarshi finalga chiqish bahsida kutilmaganda qo‘lidan jarohat olib, bellashuvni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa, uning bronza medali bilan cheklanishiga to‘g‘ri keldi.

—Chempion bo‘lishni niyat qilgan edim,—deydi Gavhar Xudoyqulova.—Afsuski, omadim kelmadi. Nima bo‘lganda ham hayotimdagi eng yirik musobaqa menga katta tajriba maktabi vazifasini o‘tadi. Yaqinda milliy kurashimiz Ochiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi. Kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan bu yirik musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritish borasidagi orzuim ushalishiga ishonaman.

O‘tgan yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining erkin kurash musobaqasida buxorolik Ixtiyor Navro‘zov o‘z vazn toi¬fasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi. Bugungi kunda viloyatimizda unga munosib o‘rinbosarlar kamol topmoqda.

Iyul oyida Xitoy Taypeyida 20-21 yoshlilar o‘r¬tasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chem¬pio¬natida taniqli murabbiy Salohiddin Qo¬dirovning shogirdi Jahongirmirzo Turobov katta ¬muvaffaqiyatga erishdi. 55 kilogramm vazn toifasida gilamga tushgan vakilimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Sentyabr oyi birinchi o‘n kunligida esa Gretsiyada 16-17 yoshli o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan jahon chempionatida Umidjon Jalolov( murabbiyi Ubayd Tillayev) 42 kilogramm va Farrux Sharipov (murabbiyi Ashur Xoliqov) 50 kilogramm vaznli polvonlar davrasida ikkinchi o‘rinni egallab, yurtimizga kumush medallar bilan qaytdi.

Kuni-kecha Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji yig‘ingohida ushbu sov-rindorlarni sharaflash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari Jamol Nosirov bevosita Prezidentimiz rahbarligida sportga qaratilgan e’tibor yoshlarni jismoniy va ma’nan barkamol etib tarbiyalash hamda yur¬timiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qiladigan iste’dodlarni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng sovrindor erkin kurashchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Ularni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat erkin kurash federatsiyasi rahbari Shuhrat Aliyev tabrikladi.

Jahon chempionatida qatnashgan o‘smir polvonlarimiz uchun navbatdagi asosiy musobaqalar kelgusi yil bahoridan boshlanadi. Qit’a chempioni Jahongirmirzoni ham oldinda jiddiy sinovlar kutib turibdi.

—Shu kunlarda O‘zbekiston chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘ryapman,—deydi Jahongirmirzo.—Unda g‘olib chiqqan polvonlar 23 yoshgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida Polshada tashkil etiladigan jahon birinchiligida ¬qatnashadi. Mening vaznim toifasida kuchli polvonlar jamlangan. Murosasiz raqobatda jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilaman.

Orqaga Chop Etish  208 |   28-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation