Bosh sahifa /  Investitsion faoliyat /  Joriy yil yakuni bo‘yicha Investitsiya dasturi ijrosi va 2016 yilda dasturga muvofiq foydalanishga topshirilgan yirik investitsiya loyihalari to‘g‘risida
Joriy yil yakuni bo‘yicha Investitsiya dasturi ijrosi va 2016 yilda dasturga muvofiq foydalanishga topshirilgan yirik investitsiya loyihalari to‘g‘risida

Viloyatda 2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha manbaalar hisobidan 5822,7 mlrd.so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123,9 foizni tashkil etdi. Shundan xorijiy sarmoyalar hisobidan 3113,8 mlrd.so‘mlik (2015 yilning mos davrda 1458,6 mlrd.so‘m) kapital mablag‘ o‘zlashtirilib, shundan 2608,5 mlrd so‘mi (2015 yilning mos davrida 1181,9 mlrd.so‘m) to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 505,3 mlrd.so‘mi (2015 yilda 276,7 mlrd.so‘mi) davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi. 
Hisobot davrida eng yirik loyihalardan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi tomonidan 2574,9 mlrd.so‘mlik va „Aziyatransgaz” KK MChJ tomonidan 8,96 mlrd.so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritildi.
Jami kapital mablag‘larning 5075,5 mlrd.so‘mi (87,2 foizi) markazlashtirilmagan (2015 yilda 3337,3 mlrd.so‘m 86 %) investitsiyalar hisobiga va 747,2 mlrd.so‘mi (12,8 foizi) markazlashtirilgan investitsiyalar (2015 yilda 541,1 mlrd.so‘mi 14 %) hisobiga to‘g‘ri keldi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ–2458–sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilda 10 ta yirik investitsiya loyihalari (4 ta yangi va 6 ta modernizatsiya) ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Joriy yil yakuni bilan ushbu loyihalar hisobidan 248,6 mln. doll. investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi hisobiga 9 ta loyiha (qo‘shimcha loyiha bilan) to‘liq ishga tushirilib, 1 ta loyiha 2018 yilga ko‘chirildi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida 369 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2016 yilda ishga tushiriladigan loyihalar holati bo‘yicha:

1. "O‘zbekneftegaz" MXK tomonidan joriy yilda 11,4 mln. doll mablag‘lar o‘zlashtirilishi hisobiga 2 ta loyiha ishga tushirilishi belgilangan. Jumladan, gaz turbinalari dvigateli kulini yo‘qotishga mo‘ljallangan uskuna o‘rnatish orqali o‘z iste’moli uchun 3,0 MVt elektroenergiyani ishlab chiqishi mo‘ljallangan «Buxoro viloyatida DKS-5 kompressor stansiyasining B-sexidagi gaz quvuri dvigatelidan ajralib chiqadigan issiqlikdan qayta foydalanish» loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2614-sonli qaroriga asosan 2016 yildan 2018 yilga ishga tushirilishi belgilangan. 
- Kogon tumanida siqilgan gaz balonlarini avtotransport vositalariga o‘rnatish bo‘yicha sertifikatlashtirilgan markazlar tizimini qurish loyihasi 1,5 mln.doll. mablag‘ o‘zlashtirish hisobiga avtotransport vositalariga gazbalon uskunasini o‘rnatish xizmati ishga tushirildi. Ishga tushgan loyiha asosida 50 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
2. "O‘zbekenergo" AJ tomonidan 2016 yilda 6,5 mln. doll. mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga “Samarqand-Buxoro elektrlashtirilgan temir yo‘lidagi yuk tashuvchi stansiyasining tashqi elektr ta’minoti ob’ektlarini qurish” loyihasi foydalanishga topshirildi. 
3. «O‘zbekiston temir yullari» AJ tomonidan 2 ta foydalanishga topshiriladigan ob’ekt uchun 236,8 mln. doll. mablag‘lar o‘zlashtirildi, bulardan :
- “Samarqand-Buxoro temir yo‘lida yo‘lovchi tashuvchi tezyurar poyezdlari harakatini elektrofikatsiyalash” bo‘yicha (loyiha miqdori 2016 yilda 394,5 mln.doll) hisobot davrida loyihani amalga oshirish bo‘yicha 208,73 mln.AQSh doll. miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, loyiha foydalanishga topshirildi.
Loyiha doirasida Yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy “Afrosiyob” elektr poyezdi ishga tushirilib, Kogon shahar vokzali qayta qurildi hamda vokzal atroflari obodonlashtirildi. 
Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil yakuni bilan 313 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
- “Qandim gazni qayta ishlash zavodiga boruvchi temir yo‘lni qurish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2016 yilda 28,09 mln.AQSh doll. miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, ob’ekt to‘la foydalanishga topshirildi. 
4. «Uzdonmaxsulot» AK tomonidan qo‘shimcha loyiha bilan birga (loyiha miqdori 1,8 mln.doll) 2 ta ob’ekt:
- Elektr sarfini tejaydigan uskunalarni o‘rnatish hisobidan "Buxorodonmahsulotlari" AJ tegirmonini modernizatsiyalash bo‘yicha bugungi kunda shartnoma shartlariga asosan 1,09 mln.doll. mablag‘ o‘zlashtirilib, qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib asbob-uskunalar to‘liq o‘rnatildi. Korxona 2016 yilning mart oyidan boshlab to‘liq quvvat bilan ish boshladi. Ayni paytda 1 sutkada 300 tonna bug‘doyni qayta ishlab, 275 tonna un va yorma mahsulotlari ishlab chiqilmoqda. Mablag‘ iqtisod qilingan holda loyiha to‘liq foydalanishga topshirildi.
Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil yakuni bilan 6 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shu bilan birga, loyiha quvvati 20 ming.tonna hajmga ega "Buxorodonmahsulotlari" AJning don saqlash omborxonalarini qurish (2-loyiha) loyihasi bo‘yicha hisobot davrida 0,7 mln.AQSh doll. miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, loyiha foydalanishga topshirildi. 

5. «Uzpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tomonidan «Jondor paxta tozalash zavodini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha 2,0 mln.AQSh doll. miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, loyiha foydalanishga topshirildi.

6. Oziq-ovqat sanoat korxonalar Assotsiatsiyasi tomonidan (loyiha miqdori 0,120 mln.doll) 2 ta ob’ekt ya’ni "Kogon yog ekstraksiya" AJ va "Yevrosnar” MChJ modernizatsiya qilish va texnik jarayonini qayta jihozlash loyihalari joriy yil yakuni bilan to‘liq ishga tushirildi. (jadval ilova qilinadi).
2017 yil ishga tushiriladigan loyihalar to‘g‘risida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 25 dekabrdagi PQ–2697–sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilda 217,3 mln.AQSh doll.. investitsiyalar hisobidan 6 ta yirik investitsiya loyihalari (4 ta yangi va 2 ta modernizatsiya) ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida 338 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, "Uzbekenergo"AJ tomonidan 2 ta, "O‘zbekiston temir yullari" AJ tomonidan 1 ta, "O‘zbekengilsanoat" AJ tomonidan 1 ta, "O‘zpaxtayog" AJ tomonidan 1 ta va "Uzfarmsanoat" AK tomonidan 1 ta loyihalar amalga oshiriladi. (Jadval ilova qilinadi)
 

Orqaga Chop Etish  726 |   27-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation