Bosh sahifa /  Yangiliklar /  “E-IJRO AUKSION” – shafof tizim. Unda noqonuniy savdoga, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi
“E-IJRO AUKSION” – shafof tizim. Unda noqonuniy savdoga, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 29 maydagi 
PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgani ijro ishi yuritishning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbarining shu yil 27 iyuldagi PQ-3149-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani sohada yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Mazkur qaror ijro ishi yuritishni amalga oshirish bo‘yicha mol-mulkni realizatsiya qilishda auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi, xolisligi, samaradorligi va tezkorligini ta’minlashga qaratildi. Bu boradagi narx-navolarni asossiz ravishda oshirish manipulyatsiya holatlarini hamda korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda zamonaviy mexanizm yaratilgani shu maqsadga xizmat qiladi. 
Ushbu qaror asosida elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonida bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan axborot tizimi – “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi tashkil etildi.
Tizimda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida Majburiy ijro byurosi huzurida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi hamda ushbu vazifalarni bajarishda vakolatli operator etib belgilandi. Markazning ustavi tasdiqlandi hamda zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlanib yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirildi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan 31.07.2017 yilda “Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni o‘tkazish markazi davlat unitar korxonasi Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 8-sonli, “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va 
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi operatori o‘rtasidagi o‘zaro hamkorligi Reglamentini tasdiqlash haqida”gi 9-sonli sohaviy buyruqlari qabul qilindi. 
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda 
mol-mulkni realizatsiya qilish tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan 2017 yilning 1 sentyabrdan boshlab Respublikamizda 
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolar o‘tkazish boshlandi.
Savdoda, aholi va yuridik shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan turli qarzdorliklar bo‘yicha to‘lanmagan mablag‘larni majburiy tartibda undirish yuzasidan vakolatli organlar tomonidan sudga kiritilgan da’vo arizalari natijalari bo‘yicha sudning qarzdorning qarzini uning mol-mulkiga qaratish haqida chiqarilgan qarori ijrosi yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan qabul qiladigan qarorga asosan ana shu mol-mulklar qo‘yildi.
Elektron onlayn-auksionlar internet tarmog‘ida Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi tomonidan ishga tushiriladigan 
e-auksion.uz veb-saytidan joy olgan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida o‘tkazilmoqda.
Ayni damda Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari tomonidan ham ko‘chmas mulklarni va avtotransport vositalarini realizatsiya qilish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan davlat ijrochilarining jami 150 dan ortiq 
mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risidagi qarorlari rasmiylashtirilgan bo‘lib mazkur mol-mulklar elektron onlayn-auksionda sotish jarayonida shakllantirilmoqda.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ilgari majburiy undiruv tartibida qarz mol-mulkka qaratilsa, ana shu mol-mulk turli rieltorlik va boshqa ixtisoslashgan savdo tashkilotlari orqali sotib kelingan. Ko‘p hollarda mol-mulk savdoga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborotdan ko‘pchilik xabardor bo‘lmagan, chunki bunday xabarnomalar savdodan bir oy oldin faqat bir marta bosma OAVda chop etilgan. Bu esa ayrim insofsiz savdo tashkilotlari tomonidan auksionda ishtirok etuvchi xaridorlarning sonini sun’iy ravishda cheklashga, natijada mol-mulklarning arzon narxlarda manfaatdor shaxslarga sotilishiga zamin yaratgan.
Endilikda elektron onlayn-auksionlarda jismoniy yoki yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda internet tarmog‘i orqali ishtirok etishga imkoniyatlar yaratildi. Buning uchun elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizani berish va mol-mulkning 5 foizi miqdorida zakalat pulini kiritish kifoya.
Bundan tashqari, bevosita auksionni o‘tkazish va g‘olibni aniqlash jarayoni maxsus dastur orqali amalga oshirilib, unga tashqaridan aralashishning mutlaqo imkoni bo‘lmaydi.
Savdoga qo‘yilayotgan tovarga oid ma’lumotlar ochiq bo‘lgani holda, uni xarid qiluvchilar shaxsi ko‘rsatilmasligi savdoning haqiqatan halol o‘tishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, auksionga qo‘yilgan tovarning narxi real talab va taklif bo‘yicha bozor taomillari asosida shakllanadi. Bu mol-mulki majburiy ijroga qaratilgan shaxslarning manfaatiga ham xizmat qiladi. Chunki tovar qancha yuqori narxda sotilsa, qarzdorning qarzi qoplangandan qolgan mablag‘ egasiga qaytarilishi yoki kelgusi to‘lovlarga yo‘naltirib berilishi mumkin.
Elektron onlayn-auksionlar o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma va lot (lot – qarzdorning yoki uchinchi shaxsning elektron onlayn-auksionda sotiladigan mol-mulki yoki mulkiy huquqi) to‘g‘risidagi ma’lumot elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operatorning veb-portalida, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlarida auksion o‘tkazish boshlanishiga 10 kalendar kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi.
Dastlabki elektron onlayn-auksion narxni oshirib borish, takroriylari esa narxni tushirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi.
Mol-mulk elektron onlayn-auksionga baholash qiymati bo‘yicha qo‘yiladi. Davlat ijrochilari elektron onlayn-auksionlarda sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.
Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda sotilishini tashkil etish bilan birga, ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan 
mol-mulk haqida keng xabardor qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu zamonaviy tizim boshqa sohalarda bo‘lganidek, faqat adolat tamoyili asosida ish ko‘rishga, yurtdoshlarimizga, shu jumladan tadbirkorlarga qulaylik yaratish, xalqimiz manfaatini ta’minlashga xizmat qiladi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Majburiy ijro byurosi 
Buxoro viloyati boshqarmasi 
katta inspektori 

Sadriddin Jo‘rayev Nasriddinovich

Orqaga Chop Etish  377 |   05-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation