Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yer usti metrosining harakat tarkibi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi
Yer usti metrosining harakat tarkibi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Bo‘lg‘usi yer usti halqa metro liniyasi harakat tarkibi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubda «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruvi raisi o‘rinbosari, «Toshkent metropoliteni» korxonasi boshlig‘i Oybek Xudoyqulov ma’lum qildi.

Vagonlar Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodida ishlab chiqariladi. «Biz mazkur masalada ikki marta Rossiya zavodlariga tashrif buyurdik. Bizda yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqaruvchi zavod bor, biz o‘z ishlab chiqarishimizni yo‘lga qo‘yamiz», — dedi u.

Oybek Xudoyqulovning qo‘shimcha qilishicha, poytaxt yer osti metropolitenining eski vagonlari to‘liq restavratsiya qilinib, qayta jihozlandi va ularning yaroqlilik muddati yana 15 yilga uzaytirildi.

Baxtiyor Sodiqov.

Toshkent metropoliteni bosh muhandisi Baxtiyor Sodiqov metroda metallodetektor romlari o‘rnatilishi rejasi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

«Hozirda qanday romlarni sotib olishimiz bo‘yicha tanlov kechmoqda. Agarda e’tibor qaratgan bo‘lsangiz, „Bunyodkor“ stansiyasida romlarning ikki-uch turi o‘rnatilgan, ular tajriba sinovdan o‘tdi», — dedi u.

Eduard Kan.

Yangi metro loyihasi bosh muhandisi Eduard Kan yer usti halqa liniyasi qurilishi oldidan chet el tajribasi o‘rganilganini ma’lum qildi.

«Bizning mutaxassislar Moskvaga borib, Butovo liniyasidagi shunday estakada ko‘rinishidagi metroni o‘rganishdi. Tajriba va texnologiyalar almashish uchun Xitoy mutaxassislari taklif qilindi va hozirda metromiz xorij loyihalaridan yomonroq emas, balki yaxshiroq bo‘lishi uchun jahonning zamonaviy texnologiyalari kengaytirilgan holda o‘rganilmoqda», — dedi u.

Zafar Mahamatov.

«Ko‘prikqurilish tresti» unitar korxonasi menejeri Zafar Mahamatov yangi metro tomonlari bo‘ylab harakat tarkibi harakatlanayotganda chiqadigan shovqin darajasini pasaytiruvchi 1,5 metrlik konstruksiya barpo etilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat yangi yer usti halqa metro yo‘nalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi, 1,6 kilometri yer ustida quriladi. Loyihani 2020 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Orqaga Chop Etish  118 |   03-11-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation