Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Qorovulbozorliklar yana g‘olib!
Qorovulbozorliklar yana g‘olib!

    Viloyatimizning kenja tumani dehqon mirishkorlari joriy mavsumda 10 ming 270 tonna “oq oltin” xirmonini bunyod etib, 11 oktyabr kunida davlat shartnoma rejasini bajardilar. 
—Iqlimi ancha murakkab, cho‘l sharoitiga qaramay bu yil “Bo‘zachi”, “Jarqoq” hamda “Navbahor” QFYlari hududidagi 5625 gektar maydonda “Buxoro-6” va “Buxoro-8” navli paxtadan har yilgiday barakali hosil yetishtirildi,—deydi tuman hokimining o‘rinbosari, paxta yig‘im-terimini tashkil etish shtabi rahbari Ali Xudoynazarov. —Ekin maydoni boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hisobidan bu yil 90 gektarga qisqarganiga qaramay, umumiy xirmon salmog‘i o‘zgarmadi. Eng muhimi, joriy mavsumda yig‘im-terimning otryad usulida tashkil qilingani, mahallalardagi uyushmagan aholi va uy bekalaridan iborat 4 mingga yaqin hasharchining 37 ta otryadga birlashgani muvaffaqiyatimizni ta’minladi. Qolaversa, paxta pullarining dalada tarozi boshida berilgani, 1 oktyabrdan boshlab har kilogramm paxtaga 500 so‘mdan haq belgilangani ko‘makchilar ish unumini oshirdi. Qimmatbaho sanoat xom ashyosi to‘liq birinchi navga qabul qilindi.
Tuman bo‘yicha gektarlar hosildorligi 20 sentnerni tashkil qilgan bir paytda paxtachilikda katta tajribaga ega “Shomurod Jahongir”, “Fazo B.Z.Sh.”, (“Navbahor” QFY), “Rahim Umid”, “Sayfullo”, “Rahimbobo” (“Bo‘zachi” QFY), “Yahyoi Javohir”, “Dildora” (“Jarqoq” QFY) kabi fermer xo‘jaliklari dalalarida bu ko‘rsatkich 25 sentnerdan oshirildi.
—“Bo‘zachi” QFY hududida 284 gektar maydonda dehqonchilik qilib kelamiz, —deydi “Istiqlol” fermer xo‘jaligi rahbari H. Ro‘ziyev.—Bu yil biz uchun juda barakali keldi. 150 gektar g‘alla maydonidan davlatga 360 tonna o‘rniga 390 tonna yuqori sifatli don sotib, 200 million so‘mdan oshirib sof foyda oldik. “Oq oltin”ga kelsak, mavjud 135 gektar maydondan shu kecha-kunduzda davlatga 293 tonna o‘rniga 406 tonna sanoat xom ashyosi sotib, gektarlar hosildorligini 31 sentnerga yetkazdik. Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan bizga hasharga kelgan terimchilar otryadidan minnatdormiz. 
    Tuman dalalarida hali birinchi terim qizg‘in davom ettirilmoqda. Mutasaddilarning bildirishlaricha, barcha sa’y-harakatlar yig‘im-terim yakuniga qadar yalpi xirmonni 13 ming tonnaga yetkazishga qaratilgan. Bu marra ham juda yaqin.
 

 

Uchqun Tojiyev,
“Buxoronoma” muxbiri.

Bahrom Soliyev,
“Qorovulbozor tongi” tuman gazetasi muharriri.

Orqaga Chop Etish  228 |   25-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation