Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Islom Karimov hayotining mazmuni erkin davlat barpo etish edi — Shavkat Mirziyoyev
Islom Karimov hayotining mazmuni erkin davlat barpo etish edi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning Birinchi Prezident Islom Karimov haykalining ochilishiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqidan iqtiboslar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida o‘rnatilgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Uning nutqidan ba’zi iqtiboslarni keltirib o‘tamiz.

Mustaqillikning e’lon qilinishi

«Islom Abdug‘aniyevich butun umrini jonajon O‘zbekistonimiz uchun, uning ozodligi va buyuk kelajagi uchun bag‘ishladi. Tariximizning eng murakkab va og‘ir davrida — millatlararo ziddiyatlar avj olgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchrab, respublikamiz jar yoqasiga kelib qolgan keskin va tahlikali bir sharoitda u mamlakatga rahbarlik qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldilar. Vatanimiz tarixida yangi davr boshlangan kun — 1991 yil 31 avgustda Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qildilar va chorak asr davomida davlatimizni boshqardilar».

«Elim deb yashash»

«Islom Abdug‘aniyevich butun hayoti va faoliyatining mazmuni bo‘lgan „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!“ degan ezgu g‘oyani ilgari surdilar va bu da’vat barcha vatandoshlarimi qalbidan chuqur joy oldi. U kishi „Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak“ degan o‘zining g‘oyasiga doim amal qilib, kelajak avlodlar uchun buyuk ibrat maktabini yaratdilar. Birinchi Prezident millatning haqiqiy yetakchisi sifatida go‘zal Vatanini jonidan ham ortiq sevar edi, xalqining manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni o‘z hayotining bosh maqsadi, deb bilar edilar. Xalqimiz ham Islom Abdug‘aniyevichni cheksiz mehr bilan sevar va o‘zining ulug‘ rahbari sifatida u kishi bilan haqli ravishda faxrlanar edi».

Xotirani abadiylashtirish

«Bugungi kunda Toshkent shahridagi xalqaro aeroport, Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka avtomobil zavodi, Farg‘ona shahridagi San’at saroyi, poytaxtimiz va hududlarimizdagi markaziy ko‘chalar, Oqsaroy qarorgohida o‘z faoliyatini boshlagan ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, maxsus xayriya jamoat fondi Islom Abdug‘aniyevichning muborak nomlari bilan ataldi… 2 sentyabr kuni Islom Abdug‘aniyevich tug‘ilib voyaga yetgan, mangu orom topgan azim Samarqand shahrida uning haykali ochilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkaziladi. Shuningdek, Qarshi shahrida haykal o‘rnatish va Samarqand shahrida yodgorlik majmuasini barpo etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni to‘liq yakunlab, Birinchi Prezidentimizning tug‘ilgan kuniga 80 yil to‘ladigan sana — 2018 yil 30 yanvarda tantanali ochilish marosimini o‘tkazamiz.

Huvillab qolgan Oqsaroy

«Birinchi Prezidentimiz tomonidan barpo etilgan Oqsaroy qarorgohida Birinchi Prezidentimizning davlat rahbari sifatidagi faoliyatining eng yorqin damlari o‘tgan edi. Aynan shu yerda xalqimiz, mamlakatimiz taqdiri va kelajagiga oid g‘oyat muhim bo‘lgan ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilingani hammamizga yaxshi ma’lum. Bundan bir yil oldin boshimizga tushgan og‘ir musibat tufayli huvillab qolgan Oqsaroy qarorgohi bugun Islom Abdug‘aniyevichning siymosi tufayli yana el-yurtimizni o‘z bag‘riga chorlamoqda… Ishonchim komil, bugundan boshlab ushbu majmua xalqimiz uchun bir umrga qutlug‘ va tabarruk qadamjo bo‘lib qoladi. Toshkent ahli, mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlaridan keladigan vatandoshlarimiz, chet ellik mehmonlar, davlat va jamoat arboblari bu yerga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltiradilar. Bu maskanga qadam qo‘ygan har bir inson muhtaram Islom Abdug‘aniyevich yurgan yo‘laklardan, xiyobonlardan o‘tib, muzey bilan yaqindan tanishib, istiqlolimiz asoschisi bilan xayolan uchrashgandek, muloqot qilgandek bo‘ladi».

Orqaga Chop Etish  161 |   02-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation