Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Prezident AQSHdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga yordam berishga chaqirdi
Prezident AQSHdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga yordam berishga chaqirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda AQSHda istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qildi O‘zA.

“Amerika Qo‘shma Shtatlarida siz, qadrli yurtdoshlarimiz bilan uchrashib turganimdan bag‘oyat xursandman, dedi davlatimiz rahbari. Men ushbu tashrif chog‘ida sizlar bilan chin dildan, samimiy suhbatlashishni avvaldan rejalashtirib qo‘ygan edim”, — dedi davlat rahbari.

“Vatandan yiroqda, musofirchilikda o‘z o‘rnini topish va haqli e’tirof qozonish naqadar mashaqqatli ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz. Bunday katta yutuqlarga erishish har kimga ham nasib etavermaydi”, — deya ta’kidladi Prezident.

“Bugun sizlar bilan ochiq muloqot qilib, sizlar bilan yaqindan tanishish, mamlakatimiz oldida turgan katta-katta vazifalarni amalga oshirish borasidagi fikr va mulohazalaringiz, takliflaringiz bilan o‘rtoqlashish g‘oyat muhim, deb hisoblayman”, — dedi u.

Prezident 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, Ma’muriy islohotlar konsepsiyasining ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Sud-huquq, moliya, kichik biznes, turizm, tibbiyot sohalaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lum qildi.

O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlash, ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash bo‘yicha ulkan ishlar boshlangani ta’kidlandi. O‘zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.

Mazkur uchrashuv ham ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Prezident uchrashuvga kelgan har bir yurtdoshimizning hayoti va faoliyati bilan qiziqdi.

Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldor bo‘lish, zamonaviy bilim va tajribalarini mamlakat rivojiga yo‘naltirishga da’vat etdi.

“Mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagida bo‘lgan barcha chet eldagi yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga taklif etaman, dedi davlatimiz rahbari. Men ularni qo‘llab-quvvatlashga va har tomonlama rag‘batlantirishga tayyorman”, — dedi davlat rahbari.

“Barchangizning mamlakatimizni rivojlantirishga sidqidildan hissa qo‘shishga tayyor ekaningizni ko‘rib, chin dildan mamnun bo‘lib turibman. Hammamiz jonajon Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib birlashsak, oldimizga qo‘ygan har qanday yuksak marraga albatta yetishimizga ishonaman”, — dedi Prezident.

Orqaga Chop Etish  131 |   25-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation