Bosh sahifa /  Statistik va tahliliy ma`lumotlar /  2017 yil I va II chorak ma'lumotlari
2017 yil I va II chorak ma'lumotlari

2017 yil yanvar-iyul oylarida Buxoro viloyatida bozor xizmatlari to'g'risida

Buxoro  viloyatida 2017 yil yanvar-iyul oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha xizmatlar hajmi 2620,5 mlrd.so'mni o'sish sur'ati o'tgan yilning shu davriga nisbatan 110,4 foizni tashkil etdi. Jumladan qishloq joylarida 722,6 mlrd.so'mlik (107,7%) xizmatlar ko'rsatilgan. Xizmat ko'rsatishda eng katta ulush savdo xizmatlari 36,9% (966,9 mlrd.so'm) va transport xizmatlariga  19,8 %  (519,5 mlrd.so'm) to'g'ri keldi.
Jumladan, yirik korxonalar 700,5 mlrd.so'mlik (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 114,9 foiz), kichik va mikrofirmalar korxonalar bilan birga 455,7 mlrd. so'mlik (114,0%), norasmiy tizim 1464,3 mlrd.so'mlik (107,3 %) xizmat ishlarini amalga oshirdilar.

 

 

2017 yil yanvar-iyul oylarida Buxoro viloyatida bajarilgan qurilish pudrat ishlari to'g'risida

Buxoro viloyatida 2017 yil yanvar-iyul oylarida 1445,3 mlrd. so'mlik qurilish pudrat ishlari bajarildi va o'sish sur'ati o'tgan yilning shu davriga nisbatan 103,6 foizni tashkil etdi. 
Jumladan yirik qurilish korxonalari 456,8 mlrd. so'mlik (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 99,3 foiz), kichik va mikrofirmalar, qo'shma korxonalar bilan birga, 498,3 mlrd. so'mlik (115,4%), norasmiy tizim  490,2 mlrd.so'mlik (97,6%) qurilish ishlarini amalga oshirdilar.

 

 

2017 yil yanvar-iyul oylarida Buxoro viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish to'g'risida

Buxoro viloyatida 2017  yil yanvar-iyul oylarida 3642,6 mlrd. so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi va o'sish sur'ati o'tgan yilning shu davriga nisbatan 103,1 foizni tashkil etdi. 
Jumladan yirik sanoat korxonalari 1843,3 mlrd.so'mlik (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 101,7 foiz), kichik va mikro qo'shma korxonalar 276,0 mlrd.so'mlik (105,9 foiz), kichik va mikrofirma korxonalar 357,8  mlrd. so'mlik (105,5  foiz), yordamchi sanoat korxonalari 126,2 mlrd. so'mlik (105,9 foiz), yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchilar 1039,4  mlrd. so'mlik (104,3 foiz) sanoat mahsulotlari-ni ishlab chiqarishdi.

 

 

Buxoro viloyati iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar to'g'risida

Buxoro viloyatida 2017 yilning 1 avgust holatida jami 15561 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu korxonalarning 1472 tasi qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, 2260 tasi sanoat, 1521 tasi qurilish, 3559 tasi savdo, 1050 tasi tashish va saqlash, 886 tasi yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar, 208 tasi axborot va aloqa, 407 tasi sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va 4198 tasi boshqa tarmoq sohalarida faoliyat ko'rsatmoqda. Viloyatda barcha faoliyat yuritayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning 12631 tasi kichik tadbirkorlik korxonalaridir.
Bundan tashqari, 2017 yilning 1 avgust holatida Buxoro viloyatida  7725 ta fermer xo'jaligi va 2614 ta dehqon xo'jaliklari faoliyat ko'rsatmoqda.
2017 yilning yanvar-iyul oylarida 1407 ta yangi korxonalar tashkil etildi. Tashkil etilgan sub'ektlarning 1378 tasi kichik tadbirkorlik sub'ektlaridir.

 

 

2017 yil yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish to'g'risida

Buxoro viloyatida 2017  yil yanvar-iyun oylarida 3170,5 mlrd. so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi va o'sish sur'ati o'tgan yilning shu davriga nisbatan 103,4 foizni tashkil etdi.  Jumladan yirik sanoat korxonalari 1613,3 mlrd.so'mlik (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 101,6 foiz), kichik va mikro qo'shma korxonalar 236,6 mlrd.so'mlik (105,9 foiz), kichik va mikrofirma korxonalar 306,6 mlrd. so'mlik (105,5  foiz), yordamchi sanoat korxonalari 114,4 mlrd. so'mlik (106,4 foiz), yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchilar 899,6  mlrd. so'mlik (105,3 foiz) sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdi.  

Orqaga Chop Etish  190 |   22-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation