Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Elektr energiyasi va tabiiy gaz hisoblagichlarini aholi xarid qilmaydi
Elektr energiyasi va tabiiy gaz hisoblagichlarini aholi xarid qilmaydi

Endilikda maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yildi.
Qarorga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkilotlari har yili 1 sentyabrgacha tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni choraklarga taqsimlagan holda kelgusi yil uchun gaz ehtiyoji prognozini shakllantiradi va umumlashtiradi. Bunda albatta, ishga tushiriladigan yangi ob’ektlar uchun zaxira hajmini ham hisobga oladi.
Iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari), shu jumladan, oilaviy korxonalar har yili 15 iyulgacha bo‘lgan muddatda gaz ta’minoti tashkilotiga kelgusi yilgi tabiiy gaz iste’molining prognoz qilinayotgan hajmi uchun buyurtma beradi.
«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati har yili 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun tabiiy gaz qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va taqsimlashda o‘zining gazga bo‘lgan ehtiyojlari va texnologik yo‘qotishlarini aniqlaydi.
Yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblar standart shartlarga nisbatan gaz hajmini-kub metrlarda keltirilgan holda amalga oshiriladi.
Eng muhimi, iste’molchi har oyning 10-sanasiga qadar avvalgi oyda iste’mol qilingan gaz uchun to‘liq hajmda hisob-kitob qilishi kerak.
Avvalroq, energiya uchun hisob-kitoblar tabaqalashtirilgan, bir stavkali yoki o‘sib boruvchi koeffitsiyentli tariflar asosida amalga oshirilishi xabar qilingandi.
750 kva va undan yuqori quvvatga ulangan iste’molchi elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni sutka vaqtlarining tabaqalashtirilgan tarifi bo‘yicha amalga oshiradi.
Tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha hisob-kitoblar qo‘yidagicha qo‘llaniladi:
yarim tig‘iz vaqt – soat 9.00 dan 17.00 gacha belgilangan tarif bo‘yicha;
tig‘iz vaqt – soat 6.00 dan 9.00 gacha va 17.00 dan 22.00 gacha o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda;
tungi vaqt – soat 22.00 dan 24.00 gacha va 00.00 dan 06.00 gacha kamayuvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda elektr energiyasining 1 kvt uchun amaldagi tarif 204 so‘m 30 tiyini tashkil etmoqda. Yangi tarifda esa tig‘iz vaqtda ishlatilgan energiya uchun bu ko‘rsatkich 306 so‘m 45 tiyin, tungi vaqt uchun esa 136 so‘mda ziyodroq bo‘ladi.



Majburiy ijro Byurosi Buxoro tuman bo‘limi 
boshlig‘i o‘rinbosari
Shokirov Murod Botirovich

Orqaga Chop Etish  430 |   02-02-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 59
  • Ko`rib chiqilmagan: 20
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

25-05-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation