Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Qo‘shaloq bayram shukuhi
Qo‘shaloq bayram shukuhi

Shu kunlarda viloyatimiz shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi hamda muqaddas diniy bayramimiz Qurbon hayiti munosabati bilan o‘tkazilgan barcha tadbirlarning to‘ridan urush va mehnat faxriylari, hayoti ibrat, so‘zi hikmat oqsoqollar, chehralaridan nur yog‘ilib turgan buvijonlar joy oldilar. Zero, Vatanimiz ozodligi uchun II Jahon urushi janggohlarida dushmanga ko‘ksini qalqon etgan, front orti mashaqqatli mehnati azoblarini chekkan, davlatimiz mustaqilligi yo‘lida kurashgan, istiqloldek ulug‘ ne’matni ko‘z qorachig‘idek saqlab, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qudratini mustahkamlash, navqiron avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalab, yoshlarni yangidan-yangi marralarni zabt qilishga ruhlantirishda bu tabarruk insonlarning xizmatlari benihoya katta.

Joriy yilning 30 avgust kuni viloyat hokimligi tashabbusi bilan ushbu qo‘shaloq bayramlar sharafiga Buxoro shahridagi "Parizod" to‘yxonasida tashkil etilgan xayriya tadbiriga viloyatimizning barcha hududlari vakillari bo‘lmish 600 nafardan ziyod nuroniylar taklif qilindilar.To‘kin dasturxon atrofiga jamuljam bo‘lgan otaxon va onaxonlarning dilkash suhbatlari qizigandan-qizidi.

Tadbir avvalida so‘z olgan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O‘ktam Barnoyev mamlakatimizda davlatimiz rah-bari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi asosida vohamizda ro‘yob¬ga chiqarilayotgan ulkan bunyodkorlik loyihalari, keksa avlod vakillari, yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironlar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan moddiy va ma’naviy ko‘mak haqida to‘xtalib, otaxon va onaxonlarni Mustaqillik kuni hamda Qurbon hayiti bilan qizg‘in muborakbod etdi.

Prezidentimiz farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeniga sazovor bo‘l¬gan "Nuroniy" jamg‘armasi faoli Behbud Jumayev tadbirda faxriylar ¬no¬midan so‘zga chiqib, ona-diyorimiz, jumladan Buxoroi sharifda keksalar doimo e’zozda bo‘lib, ularga beqiyos g‘am¬xo‘rliklar ko‘rsatilayotgani uchun davlatimiz rahbari, hukumatimiz va viloyat hokimligiga minnatdorchilik bildirdi hamda voha faxriylari bundan buyon ham ijtimoiy-siyosiy hayotda, yoshlarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol qatnashishga kamarbasta ekanliklarini izhor qildi.

Milliy an’anamizga ko‘ra qariyalarga osh tortildi hamda hayitlik sovg‘asi tarqatildi. Keksa san’atkorlardan iborat "Manzur" guruhi sozanda va xonandalari davra ishtirokchilarini Shashmaqom taronalari hamda mumtoz qo‘shiqlardan bahramand etdilar.

—Mustaqillik bayrami va Qurbon hayiti munosabati bilan shahar va tumanlarimizda qator xayriya va insonparvarlik aksiyalari o‘tkazildi,—dedi "Nuroniy" jamg‘armasi viloyat bo‘limi kengashining raisi Farmon Aminov.—Ushbu sanalar munosabati bilan 800 nafar otaxon va onaxonga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat Prezident sovg‘alari berildi. Jamg‘armamizning viloyat, shahar va tumanlar bo‘limlari hisobidan urush va mehnat faxriylariga, ehtiyojmand oilalarga 650 ta ana shunday sovg‘alar tarqatildi. Bayram kunlari 100 nafarga yaqin nogiron maxsus aravacha egasi bo‘ldi. Bulardan tashqari ko‘plab korxona va tashkilotlar, serhimmat homiylar o‘z mablag‘lari hisobidan keksa avlod vakillari hamda kam ta’minlangan oilalarga bayram sovg‘alarini hadya etdilar.

Orqaga Chop Etish  158 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation