Bosh sahifa /  Sessiyalar /  Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Yuklab olish 284KB

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni sifatli tayyorlash maqsadida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi


QAROR QILDI:


1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 2016 yil 7 aprel kuni soat 10.00 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin. 
2. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining sessiyasi muhokamasiga ish rejasi asosida quyidagi masalalarni kiritish nazarda tutilsin:viloyatda bolalar sportini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risida;xalq deputatlari Buxoro viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining o‘zlari saylangan saylov okruglari hududida Davlat va hududiy dasturlardagi chora-tadbirlar bajarilishini deputatlik nazorati qilish bo‘yicha 2016 yildagi amaliy ishlari dasturi to‘g‘risida.
3. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.Ishchi guruhiga sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar va xulosalarni hamda sessiya qarori loyihalari bo‘yicha takliflarni 2016 yil 25 martgacha xalq deputatlari viloyat Kengashi raisiga taqdim etish topshirilsin.
4.Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi zimmasiga yuklatilsin.


Xalq deputatlari 
viloyat Kengashi raisi                                                                                   M.Esanov

 


Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 26 fevraldagi
71/12-V-sonli,3 qaroriga 1 ilova


Viloyatda bolalar sportini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risida 
masalani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi

TARKIBI 


Hamroyev Saidjon Sanoyevich - Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining deputatlik guruhi rahbari, ishchi guruh rahbari
Tulaganov Abdukabil Abdunabiyevich - 4-Piridastgir saylov okrugidan deputat, Buxoro davlat universiteti rektori
Salixov Nodir Djamolovich - 5-Gavkushon saylov okrugidan deputat, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro shahar Kengashi raisi
To‘yeva Zulfiya Nozimovna - 10-O‘ba cho‘li saylov okrugidan deputat, viloyat hokimining o‘rinbosari , xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Razzoqova Zulxumor Rashidovna - 15-Losha saylov okrugidan deputat, Buxoro tumani xotin – qizlar qo‘mitasi raisi
Tairov Zafar Muzaffarovich - 17-Chorbakr saylov okrugidan deputat, Buxoro tumani “Z.M.Tairov” advokatlik byurosi rahbari
Amonova Dilfuza Xalimovna - 18-Galaosiyo saylov okrugidan deputat, Buxoro tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
Raximov Oybek Raimovich - 21-Yangikent saylov okrugidan deputat, O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoat ekspertizasi guruhi rahbari
Salomov Zokir Xalilovich - 22-Kumushkent saylov okrugidan deputat, Peshku tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i
Murodov Djamshed Sobirovich - 23-Yangihayot saylov okrugidan deputat, Vobkent tumani "Buxoro Baxor" qo‘shma korxonasi rahbari
Raxmonova Umida Erkinovna - 28-Sho‘rcha saylov okrugidan deputat, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi muharriri
Narziyev To‘ra Ikromovich - 32-Navrabot saylov okrugidan deputat, “Amubuxorokanalqurilish” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 4-ko‘chma mexanizatsiyalashgan kalonna ekskovatorchisi
Tosheva Mamlakat Shoimovna - 33-Jondor saylov okrugidan deputat, Jondor tumani “Jondor Chashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Xoliqov Zokir Xodiyevich - 40-Jo‘ynav saylov okrugidan deputat, “G‘arbiy-O‘zbekiston gidrogeologiya ekspeditsiyasi” davlat korxonasi bosh geologi
Kamolova Istat Shukurovna - 45-Chorsu saylov okrugidan deputat, G‘ijduvon tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari
Mahmudov Nasriddin Najimovich - 48-Armichan saylov okrugidan deputat, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Salomov Sherali Husenovich - 58-Chorbog‘ saylov okrugidan deputat, Olot tumani hokimi
To‘rayev Rustam Xudayberganovich - 60-Jumabozor saylov okrugidan deputat, Olot tumanidagi 7-Olimpiya sport maktab-internati direktori
Nadjimiddinov O‘tkir Rustamovich - “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasi Buxoro viloyati filialining direktori

Orqaga Chop Etish  1158 |   26-02-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation