Bosh sahifa /  Yangiliklar /  O‘zbekiston MDH raisligini qabul qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston MDH raisligini qabul qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston ilk bor 2020 yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga raislik qilish uchun ariza topshirdi. Bu haqda chorshanba kuni MDHga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti yakunlari bo‘yicha MDH ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedov ma’lum qildi.

RIA Novostining Sergey Lebedov so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning alfavit bo‘yicha Turkmanistondan keyin raisligini qabul qilishga, MDH oliy organlari yig‘ilishlarini O‘zbekiston hududida o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Joriy yilda MDHsha Rossiya raislik qiladi, undan keyin esa Tojikiston va Turkmaniston raislikni qabul qiladi.

Bir vaqtning o‘zida Moldova Prezidenti Igor Dodon ham Hamdo‘stlikka raislik qilish istagini ma’lum qildi, deya xabar berdi MDH ijroqo‘m rahbari.

O‘zAning xabar qilishicha, Sochi sammitida Hamdo‘stlik doirasida hamkorlikni mustahkamlash, tuzilma faoliyatini takomillashtirish, shuningdek mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan, ta’lim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini ta’kidladi. Yil boshidan buyon O‘zbekiston bilan MDH davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sgan.

Majlisda Hamdo‘stlik mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengashini rivojlantirish, kelgusi yillarda MDHning madaniy poytaxtlarini belgilash kabi masalalar muhokama qilindi.

MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941−1945 yillardagi ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilindi.

Hamdo‘stlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorligiga doir konsepsiyalar ma’qullandi.

Shuningdek, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yana qator hujjatlar qabul qilindi.

Sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

3 noyabr kuni Toshkentda MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Orqaga Chop Etish  139 |   12-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation