Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Barkamol avlod tarbiyasi — milliy yuksalish garovi
Barkamol avlod tarbiyasi — milliy yuksalish garovi

Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha sohalarni qamrab olgan holda keng islohotlar amalga oshirildi hamda bu ishlar hozirgi davrda yangi bosqich va keng ko‘lamda yanada izchil davom ettirilmoqda. U xoh davlat boshqaruv tuzilmasi bo‘lsin, xoh sog‘liqni saqlash, sport, ta’lim — qo‘yingki, barcha jabhalarda ijobiy natijasini bermoqda.

Ta’kidlash joiz, bugungi globallashuv davrida, dunyoda mafkuraviy kurash avj olgan sharoitda doimo ogoh, sezgir va ma’naviy uyg‘oq bo‘lib yashashimiz, eng katta boyligimiz bo‘lmish yurtimizdagi millatlararo ahillik, o‘zaro mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrash va mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan ishlarimizning ma’no-mazmunini tushunib yetishimiz lozim.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa oilada va o‘quv dargohlarida ta’lim hamda tarbiyaga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha yechimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma’nan yetuk, dunyoqa¬rashi teran, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to‘la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga xizmat qilmoqda.

Inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvida namoyon bo‘ladi. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlari o‘z tabiati bilan yaratilgan. Zero, ma’naviyat va uni anglash masalalariga oqilona, konkret sharoitni hisobga olib yondashish — komil insonni tarbiyalashning yangi yo‘llarini ochishda muhim ahamiyatga ega. Bedil aytganidek, me’mor dastlabki g‘ishtni to‘g‘ri qo‘ymasa, binoning boshi yulduzlarga yetsa ham, u qiyshiq bo‘lib qolaveradi. Shunday ekan, jamiyatda inson o‘rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi. Binobarin, ma’naviyat — ajdodlarni avlodlarga, tarixni bugunga, bugunni kelajakka bog‘lovchi ko‘prik. U ota-bobolarimizdan meros jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ular to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi.

"O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,—deb ta’kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev "Kamolot" YoIH IV qurultoyidagi nutqida,—jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilgan mazmundor, ta’sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatishi nur ustiga nur bo‘lur edi".

Darhaqiqat, jahonga mashhur ajdodlarimiz — buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o‘rnak bo‘lganlar, balki o‘z askarlari, bo‘lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratganlar. Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Furqat singari bashariyat sivilizatsiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos, katta hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz hamda din ilmida olamga dong taratgan Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Yassaviy kabi ulamolarimiz yoshlarga ma’naviy va jismoniy kamolot bo‘yicha saboq berganlar.

Yaqin o‘tmishimizda yashab o‘tgan mutafakkir ma’rifatchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Mahmud Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko‘pgina buyuk adiblarimizning asarlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ammo, sobiq sho‘rolar davrida ulug‘ ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma’naviy merosi xalqimiz, yoshlarimiz ongiga o‘zgacha tal¬qin bilan taqdim etildi.

Mustaqillik tufayli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning odilona siyosati asosida millatimiz genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo‘lmish jismoniy tarbiya va sport tobora milliy istiqlol mafkurasining "strategik quroli"ga aylanib bormoqda. Yaqinda, 2017 yil 10 avgustda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi qarori yurtimizda barkamol avlodning ma’nan va jismonan kamol topishiga xizmat qilmoqda.

Ma’lumki, ma’naviy-madaniy, ruhiy-axloqiy xislatlar va insoniy qadriyatlar avvalambor, bolalikdan shakllana boshlaydi. Bolalar erta go‘daklikdan boshlab ota-onalari, bobo-buvilari va boshqa oila a’zolarining yurish-turishlari, odob-axloqlari, muomala munosabatlari, oilaviy urf-odatlari, rasm-rusumlar, udum va an’analariga qarab, ibrat olishga harakat qiladilar.

Barkamol avlod ma’naviyatini shakllantiruvchi yagona manba esa tarbiyadir. Ma’rifat va bilimni shakllantiruvchi manba — ta’lim, saboqdir. Binobarin "ta’lim va tarbiya" emas, aksincha, "tarbiya va ta’lim" deb aytish maqsadga muvofiqdir.

Insonni barkamol etib tarbiya¬lashda badiiy asarlarning o‘rni katta. Shuning uchun ham Prezidentimiz, ta’kidlaganidek, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyo¬yev¬ning 2017 yil 12 yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tar¬qatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoyishi kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni va rolini yana bir yangi bosqichga ko‘tardi.

Bugun ba’zi yoshlarimizning "ommaviy madaniyat" ta’sirida ma’naviy dunyoqarashi tobora tubanlashib borayotir. Xo‘sh, unga qarshi kurashda qanday chora-tadbirlarni ko‘rish lozim, degan savol tug‘iladi. Buning yechimini topish uchun, fikrimizcha, ta’lim-tarbiya tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olish kerak. Ular orasida bizningcha eng muhim ahamiyat kasb etadiganlari qatoriga quyidagilar kiradi:

—mafkuraviy ishlarni mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug‘ va erkin hayot sari olg‘a yurishga yo‘naltirish;

—yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi kabi yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish;

—yoshlarni ona -Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, avvalo ularning qalbi va ongida maf¬kuraviy immunitetni shakllantirish;

—ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish;

—yurtdoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida har taraflama va haqiqiy tasavvurlarni shakllantirish kabilardir.

Xalqimiz, birinchi galda, yoshlarni erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan mafkuraviy-g‘oyaviy xurujlardan himoya qilish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Orqaga Chop Etish  265 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation