Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yoshlar o‘rtasida velomarafon
Yoshlar o‘rtasida velomarafon


Navqiron avlod vakillarini ommaviy sportga yanada kengroq jalb etish, shu orqali ular o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni, qolaversa, kelajagimiz egalari sihat-salomatligini mustahkamlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridandir. Mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan Buxoro shahrida o‘tkazilgan "Yoshlar tur" an’anaviy velomarafonining yakuniy bosqichi ham ayni shu maqsadga xizmat qildi.

Mazkur musobaqada vohamizning turli hududlaridan kelgan 200 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etdi. Yosh velopoygachilar safida kollej va maktab o‘quvchilarini, o‘n sakkiz yoshdan katta havaskor sportchilarni ko‘rish mumkin edi. Ta’kidlash lozimki, "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida o‘tgan ushbu o‘ziga xos bellashuv har safargidan ham qizg‘in va do‘stona ruhda kechdi. Bu holni musobaqa start olgan "Paxtaoy" bolalar bog‘i oldida to‘plangan yuzlab yoshlarning yuz-ko‘zida aks etgan xush kayfiyatdan tortib, velomarafonchilarning xatti-harakatlari, g‘alaba uchun astoydil kurashishigacha bo‘lgan butun jarayonni kuzatgan kishi sezishi qiyin emas. Shu yo‘sin qatnashchilar Buxoro madaniy markazigacha belgilangan masofani bosib o‘tishdi.

Bahs g‘oliblari esa turli yosh toifalari bo‘yicha aniqlandi. Yakunda finish chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tganlardan kogonlik Dilshod Xayrullayev o‘n sakkiz yoshdan kattalar orasida tengsiz deb topildi. Romitan tumani vakili Nurmurod Yorqinov 9-14 yoshli velopoygachilar ichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 15-17 yoshli qizlar orasida esa Buxoro shahridagi 8-o‘rta maktab o‘quvchisi Valeriya Ksepovaga hech kim bas kelolmadi.

— Shubhasiz, velosiped poygasi sportning eng jozibador, maroqli turlaridan biri, — deydi musobaqa ishtirokchisi, Buxoro tumani vakili Doston To‘layev. — U bilan muntazam shug‘ullanish orqali kishida qat’iyat, iroda, chaqqonlik kabi fazilatlar toblanadi. Bugungidek bellashuvlar shu jihatdan ham e’tiborga molik, deb o‘ylayman.

Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Orqaga Chop Etish  174 |   13-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation