Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Investitsiya: sifatli mahsulot, eksport va yangi ish o‘rinlari
Investitsiya: sifatli mahsulot, eksport va yangi ish o‘rinlari

Mamlakatimiz iqtisodiyotning ko‘pgina sohalari, ayniqsa, neft va gaz sanoati yo‘¬nalishida ¬jahonning yetakchi davlatlari bilan keng hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. "O‘zbekneftegaz" mil¬liy xolding kompaniyasi va Rossiya Federatsiyasining -"LUKOYL" kompaniyasi ishtirokidagi viloyatimizning "Qandim gazokondensat konlari guruhini o‘zlashtirish" loyihasi ham bunga yorqin misollardan biri. Uning kattagina qismi Qorako‘l hududida joylashgan.

Shu o‘rinda loyihaning muhim bo‘g‘ini Qandim gazni qayta ishlash majmuasi haqida to‘xtalish joiz. U yiliga 8,1 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega yirik zavodni, 110 dan ortiq qazish qudug‘i, 4 ta yig‘uv punkti va 11 ta maxsus maydondan iborat tabiiy gaz to‘plash tizimini o‘z ichiga olgan.

Gaz konlari guruhini o‘zlashtirish loyihasi doirasida ko‘p¬lab ishlar amalga oshirildi. Umumiy uzunligi 370 kilometr bo‘lgan gaz quvuri foydalanishga topshirildi. Shu bilan bir qatorda 160 kilometr avtomobil yo‘li qurildi.

8 mingdan ziyod kishi, jumladan, bir necha yuzlab qorako‘llik yoshlar mehnat qilayotgan bunyodkorlik majmuasida ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, loyi¬haning dastlabki bosqichiga xorijiy kompaniyaning yo‘naltiriladigan investitsiyasi hajmi 3 milliard AQSh dollaridan ziyod bo‘lishi kutilmoqda.

Tezkor sur’atlarda qurilayotgan Qandim gazni qayta ishlash zavodi respublikadagi turdosh korxonalar orasida eng zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangani jihatdan ajralib turadi.

Uning birinchi navbatini muddatidan oldin, joriy yilning dekabrida foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Korxona loyiha quvvatini o‘zlashtirish asnosida unda mehnat qiladigan ishchilar soni 2 ming kishiga yetadi.

Yana bir muhim jihat. Zavod ishga tushgach, mamlakatimizning yetakchi eksportchi korxonalaridan biriga aylanadi.

Orqaga Chop Etish  152 |   31-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation