Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Inson manfaatlari—barcha narsadan ustun
Inson manfaatlari—barcha narsadan ustun

Shu yilning 29 avgust kuni bo‘lib o‘tgan viloyat hokimlik soati yig‘ilishi shahar va tumanlar bilan bog‘langan holda videoselektor tarzida tashkil etildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, ho¬kimlik apparati mas’ul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, joylardagi mutasaddilar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Yig‘ilishni boshqarib bor¬gan viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev davlatimiz rahbari farmonlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan faxriy unvon, orden va medallarga sazovor bo‘lgan vohamiz vakillarini qizg‘in muborakbod etib, ularga yangi mehnat zafarlari, sihat-salomatlik va baxt-saodat tiladi. Shundan so‘ng u so‘nggi ikki hafta mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar, shuningdek, hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari xususida batafsil to‘xtaldi. Viloyat rah¬bari respublikamiz Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hamda "2018 yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnik resurslarni o‘z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlarini ro‘yobga chiqarish bo‘¬yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlarni berdi.

Yig‘ilishda joriy yil 3-chorakda, shu jumladan avgust oyi uchun belgilangan soliq tushumlari va daromadlar rejasining bajarilishi to‘g‘risidagi masala muhokama etilib, bu borada qoloqlikka yo‘l qo‘ygan Qorovulbozor, Kogon, Buxoro, G‘ijduvon tumanlari va Buxoro shahri mutasaddilari tanqid qilindi. Ilgari xususiylashtirilgan, biroq hozirgacha bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binolardan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala ham alohida muhokama qilindi.

Inson manfaatlari barcha narsadan ustun, degan tamo¬yilga amal qilinayotgan mam¬lakatimizda bozorlardagi narx-navolarning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ahamiyati g‘oyat katta. Yig‘ilishda viloyat bozorlarida go‘sht, o‘simlik yog‘i, un, kartoshka, sabzi, piyoz, shuningdek, bosh¬qa muhim ijtimoiy aha¬miyatga ega oziq-ovqat tovarlarini arzon narx¬larda sotish, ularning sun’iy ra¬vishda qimmatlashuviga yo‘l qo‘y¬maslik choralari belgilandi.

Investitsiya dasturiga kiritilgan umumta’lim maktablari, qishloq massivlarida namunaviy uylar, arzon ko‘p qavatli uylar , "Kamolot uylari", hududiy organlar rahbarlari uchun xizmat uylari, profilaktika inspektorlari va harbiy xizmatchilar uchun uylar, "Nuroniy" maskanlarining qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham yig‘ilishda keng muhokama qilinib, ularni jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda viloyat rahbari joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqa¬rorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini ku¬chaytirish ham¬da aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar sust olib borilayotganini ta’kidlab, mutasaddilardan bu boradagi faoliyat samaradorligini oshirishni talab etdi.

Shuningdek, hokimlik soa¬ti yig‘ilishida viloyat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga doir boshqa masalalar ham muhokama eti¬lib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Orqaga Chop Etish  212 |   31-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation