Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Virusli gepatit A — "iflos qo‘l" kasalligi
Virusli gepatit A — "iflos qo‘l" kasalligi

Virusli gepatit A turi yuqumli kasallik bo‘lib, bunda virus jigar hujayralarini jarohatlaydi. U odam organizmiga og‘iz orqali virus bilan zararlangan suv va oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish oqibatida yuqadi.

Kasallik gepatit bilan og‘riyotgan bemorlardan yuqadi. Viruslar ko‘plab miqdorda ularning najasi, peshobi, so‘lagi, qusug‘i, nafas yo‘llarining shilimshiq suyuqligi orqali ajralib chiqadi. Shuning uchun bemor foydalangan idish- tovoqlar, choyshab, yostiq jildi, kiyim-kechagi, o‘yinchoqlari, so‘rg‘ichlari, hojat tuvaklari va bemordan qolgan ovqat qoldiqlari virus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.

Kasallikning yuzaga kelishidan tozalikka rioya qilmaslik, ya’ni ovqatlanishdan oldin qo‘llarni sovunlab yuvmaslik, meva va sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilish hamda qaynatilmagan suvni ichish sabab bo‘ladi. Shuning uchun kasallik ko‘proq bolalarda uchraydi. Pashshalar kasallikni yuqishida yetakchi rol o‘ynaydi. Birgina pashsha ichagi, qanoti va tanasida millionlab kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarni, shuningdek, gepatit viruslarini ham tashiydi.

Organizmga virus tushishi bilan kasallik birdaniga boshlanmaydi. Dastlab virus organizmda ko‘payadi. Bu davr klinik belgilarsiz kechadi va kasallikning yashirin davri de¬yiladi. Bu davr gepatitning A turida 3-6 haftagacha davom etishi mumkin.

Kasallik dastlab isitmaning ko‘tarilishi, ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, ovqatlangandan keyin qusish kabi holatlar orqali o‘zini namoyon etadi. Shundan so‘ng kasallikning sariqlik davri boshlanadi. Bunda ko‘zning shilliq qavati, teri sarg‘aya boshlaydi. Sarg‘ayish davri 1-2 haftagacha davom etadi.

Ba’zida sariqlik alomatlari yaqqol kuzatilmasligi mumkin. Yuqoridagi holatlar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Kasallik qancha erta aniqlansa, davolanish shunchalik tez samara beradi. O‘zidan asorat qoldirmaydi.

Kasallikning yashirin va boshlan¬g‘ich davrlarida hamda yaqqol sariqlik belgilarisiz turlarida bemor atrofidagilar uchun xavfli bo‘ladi. U o‘zi bilmagan holda, oila a’zolari, ayniqsa bolalarga kasallikni yuqtirishi mumkin.

Bemorga badandagi sariqlik o‘tguncha, odatdagidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik, xususan, gazlanmagan suv, na’matak damlamasi, uncha shirin bo‘lmagan kompotlar, oddiy qaynatilgan suv ichirish zarur. Bunda bolaga turli shirin ichimliklar (koka-kola, fanta va bosh¬qalar)ni berish mumkin emas. Bemorga qaynatib yoki bug‘da dimlab pishirilgan taomlar berish kerak.

Qovurma taomlar, dumba, charvi kabi hayvon yog‘laridan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish mumkin emas. Parhezga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

To‘g‘ri tashkil etilgan par¬hez jigarni zo‘riqtirmaydi va faoliyat tez tiklanishiga yordam beradi.

Barchamiz farzandlarimiz sog‘¬ligi uchun mas’uldirmiz. Ularni bolalikdan shaxsiy gigiyena qoidalariga o‘rgatsakgina, ularni nafaqat gepatitdan, balki ko‘pgina oshqozon-ichak va gijja kasalliklaridan himoya qilishimiz mumkin.

Orqaga Chop Etish  137 |   07-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation