Bosh sahifa /  Yangiliklar /  O‘zbekiston MDHdagi ishtirokiga yangicha tus beradi
O‘zbekiston MDHdagi ishtirokiga yangicha tus beradi

O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi ishtirokiga yangicha tus berishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov MDH Hukumatlari rahbarlari kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qildi. O‘zbekiston kengash yig‘ilishiga ilk bor mezbonlik qilmoqda.

«O‘zbekiston MDHni dolzarb masalalarning keng spektri bo‘yicha ochiq va ishonchli fikr almashish uchun platforma sifatida ko‘rmoqda. O‘zbekiston tomoni qator yo‘nalishlar, eng avvalo savdo, investitsiya, transport, turizm, ta’lim, fan hamda xavfsizlik sohalari bo‘yicha MDHdagi o‘z ishtirokiga yangi sur’at berishni mo‘ljallamoqda», — dedi hukumat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng avvalo MDH hududida o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirish, yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ishchi o‘rinlarini yaratish, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, kelishilgan tarif siyosatini amalga oshirish, turizm sohasida hamkorlikni faollashtirish, terrorizm va ekstremiz kuchlariga qarshi birgalikda va muvofiqlashtirilgan tarzda kurashish, ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida almashinuv,gumanitar aloqalarni kengaytirish va madaniy hamkorlik uchun qulay sharoitni ta’minlashi lozim bo‘lgan to‘laqonli erkin savdo zonalarini shakllantirishga e’tibor qaratish muhim.

Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedov ham erkin savdo holati to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilganlarning to‘laqonli amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

«MDH hududida biznes uchun raqobatli sharoitlarni yaratish jarayonlarni soddalashtirish, to‘siqlarni [MDH mamlakatlarining o‘zaro savdo-sotig‘idagi] bartaraf etish bo‘yicha tizimli manfaatli ishlarni amalga oshirish zarur», — Rossiya bosh vaziri.

U terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashish, transport, energetika, neft-gaz sohasi, mashinasozlik, melioratsiya va kun tartibidagi yangi masala — xalqaro kartelga qarshi kurashish masalalarini kelgusida ham saqlab qolinishini ta’kidladi.

Orqaga Chop Etish  105 |   03-11-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation