Bosh sahifa /  Loyihalar /  « Buxoro viloyatining Olot va Qorako’l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash» loyihasini xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida
« Buxoro viloyatining Olot va Qorako’l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash» loyihasini xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida

Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2012 yil 13 dekabrda Jahon bankining Direktorlar kengashi «Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash» loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oladigan, qaytarish muddati 25 yil bo‘lgan umumiy summasi 53,2 mln maxsus qarz olish huquqlari (82,0 mln AQSh dollariga teng) miqdorida kredit berishini ma’qullaganligi;
O‘zbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishdagi ulushi 53,9 mln AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlarini berish tarzida — 22,6 mln AQSh dollarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qo‘yiladigan markazlashtirilgan kapital mablag‘lar — 31,3 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yil deb (2013 — 2017 yillar) belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasiga Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida tuzilgan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim asosida beriladi;
Buxoro viloyati «Suvoqova» ishlab chiqarish boshqarmasi, O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi va Buxoro viloyati hokimligi ko‘rsatib o‘tilgan loyiha amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar hamda kredit bo‘yicha foiz va vositachilik to‘lovlari loyihani amalga oshirish davrida 2013 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga, keyingi yillarda — Buxoro viloyati «Suvoqova» ishlab chiqarish boshqarmasi mablag‘lari hisobiga, yetishmayotgan qismi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
«Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash» loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
«Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash» loyihasi bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini hamda kredit bo‘yicha vositachilik to‘lovlarini qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
4. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni, shuningdek Buxoro viloyati «Suvoqova» ishlab chiqarish boshqarmasi bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash;
Buxoro viloyati «Suvoqova» ishlab chiqarish boshqarmasi direktoriga loyihani Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan birga amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolash;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha yuridik xulosa berish vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi bosh direktori, Buxoro viloyati xokimi, Buxoro viloyati «Suvoqova» ishlab chiqarish boshqarmasi direktori zimmasiga:
loyihani amalga oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish;
Jahon banki tartib-qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar hamda hujjatlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash va taqdim qilinishini tashkil etish;
suv ta’minoti tashkilotlarining investitsiya oldi va investitsiya davrlaridagi ish samaradorligi;
Buxoro viloyati «Suvoqova» ishlab chiqarish boshqarmasi va unga tobe bo‘lgan shahar va tuman suv ta’minlash tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish;
suv ta’minoti tashkilotlarining faoliyat samaradorligini, shu jumladan iste’molchilarni yalpi xatlovdan o‘tkazish, hisobga olinmagan suv iste’molchilarini aniqlash, suv isrofgarchiligini kamaytirish va mablag‘lar yig‘ilishi darajasini ko‘tarish, ishlab chiqarish va moliyaviy hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yishni avtomatlashtirilgan billing tizimini joriy qilgan holda, abonentlarni va beriladigan hisob-kitoblarni zarur darajada hisobga olishni ta’minlash hisobiga oshirish ustidan nazoratni tashkil etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

6. «O‘zkommunxizmat» O‘zbekiston agentligi loyihani boshqarish funksiyasini «O‘zkommunxizmat» agentligi huzurida faoliyat yuritayotgan Jahon bankining Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi zimmasiga yuklasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 martdagi PQ-2506-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016 y., 11-son, 102-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2014 yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda «Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014 yildan boshlab, kelasi yildagi Davlat byudjeti loyihasini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti parametrlarida Buxoro viloyati «Suvoqova» ishlab chiqarish boshqarmasining shu maqsadlarga yo‘naltiriladigan shaxsiy mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti bo‘yicha komissiyalarni to‘lash, asosiy qarzni qoplashga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 8 iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 29-son, 356-modda)
Buxoro viloyati «Suvoqova» ishlab chiqarish boshqarmasi Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarz mablag‘larini qaytarish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun zarur pul mablag‘larini jamlash maqsadida xizmat ko‘rsatayotgan banklarda maxsus 22626 «Tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari» hisobvarag‘ini ochsin.
9. Mazkur loyiha doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti va O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lari hisobiga, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar va yig‘imlardan ozod qilinsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 8 iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 29-son, 356-modda)
Belgilansinki, mazkur imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ushbu loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shgan hissasi hisoblanadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari I.B. Zakirov zimmalariga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

 

Orqaga Chop Etish  690 |   15-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation