Bosh sahifa /  Yangiliklar /  O‘zbekiston Doing Business reytingida 13 pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekiston Doing Business reytingida 13 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston Jahon banki Guruhining tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha «Biznesni yuritish-2018» (Doing Business 2018) reytingida uchinchi bor dunyoning yetakchi o‘nta davlati qatoridan o‘rin oldi.

Joriy yilgi mavzusi «Ish o‘rinlarini yaratish uchun islohotlar qilish» bo‘lgan yangi hisobotda O‘zbekiston o‘tgan yilgi 87-o‘rindan 13 pog‘ona yuqorilab, 74-o‘rinni band etdi.

Reyting tuzuvchilari mamlakat reytingini yaxshilashga xizmat qiluvchi biznes sohasidagi beshta islohotni qayd etishadi. Ular biznesni ro‘yxatga olish, qurilish uchun ruxsatnoma olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta’minoti tizimiga ulanish sohalaridagi o‘zgarishlarni baholaydi.

JBning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk chorshanba kuni Toshkentdagi taqdimot hisobotida hukumatning mamlakatda islohotlarni amalga oshirish maqsadidagi ishonchli choralarini ta’kidlab o‘tdi. U tadbirkorlar hamon qiyinchiliklarga duch kelayotgan viloyatlarda islohotlarni davom ettirishi lozimligini qayd etdi.

Hisobotda keltirilishicha, O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatga olish uchun yangi platforma ishga tushirilishi sharofati bilan biznesni boshlash osonlashdi, bunda jarayonlar 4 tadan 3 taga kamaytirildi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston global reytingda 11-o‘rinni egallaydi.

15 yil muqaddam yangi biznesni ro‘yxatga olish 10 ta jarayon, 28 kun va aholi jon boshiga daromadning 14 foizini (u 2220 AQSH dollariga baholanadi) talab qilgan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkich 3 ta jarayon, 5 kun va aholi jon boshiga daromadning 3 foizini tashkil etmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston reytingda xalqaro savdo indikatori va qurilishga ruxsat olish mezonlarida ortda qolmoqda. Joriy yildagi ruxsat olishni yengillashtirishga yo‘naltirilgan islohotlarga qaramasdan, bu jarayon hamon 17 ta turli jarayon va 246 kunni talab qilmoqda.

Global reytingda Yangi Zelandiya birinchi o‘rinni egallagan, keyingi pog‘onalarda esa Singapur, Daniya, Koreya Respublikasi, Gongkong (Xitoy), AQSH, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Gruziya va Shvetsiya bormoqda.

Orqaga Chop Etish  119 |   01-11-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation