Bosh sahifa /  Yangiliklar /  WELCOME TO BUKHARA
WELCOME TO BUKHARA

Hozirgi kunda dunyo YaIM 5.5% turizm, rivojlangan Yevropa mamlakatlarining eksportining 35-40% ulushi turizm sohasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, turizm sohasida xizmat ko‘rsatish yetakchi o‘rinni egallab, tashrif buyurilayotgan davlat yoki viloyatda turistlar uchun yaratiladigan sharoit katta mablag‘ va alohida e’tibor va mehnat talab qilsada, pirovardida ushbu qilingan harakatlar o‘zini oqlashi dunyo tajribasida bir necha bor isbotini topgan. 


Buxoro shahri va Buxoro viloyatining mavjud turizm salohiyatidan yanada oqilona foydalanish, dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi 
PQ-2980-sonli “2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahri turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va viloyat hokimining 2017 yil 24 maydagi 329-sonli qarorlari chiqqan bo‘lib, ushbu qarorlarda belgilangan har bir topshiriqni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

 
Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, kasbiy puxta tayyorgarlikdan o‘tgan haydovchilarni tayyorlash maqsdadi, band ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Avtodaryotrans-Ilm” kasb malakasini oshirish davlat ilmiy metodik markazi hamda «Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi» davlat unitar korxonasining malakali mutaxassislari tomonidan turistlarga transport xizmatini ko‘rsatuvchi avtotransport korxonalari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturi ishlab chiqilib, 2017 yilning 18-22 sentyabr kunlari Buxoro Davlat universitetida Buxoro viloyatida sayyohlarga transport xizmatini ko‘rsatuvchi avtotransport korxonalari xodimlari va haydovchilar besh kunlik maxsus o‘quv va malaka oshirish kurslarini o‘tkazildi. O‘quv kurslari jarayonida "BUKHARA EXTRA TAXI" MChJ, "ASIA GLOBAL ELITE" MChJ, "G'IJDUVON YO'LOVCHI SERVIS" MChJ, "AVTOMOBIL SERVIS" MChJ, "EAST LINE TOUR" MChJ, "HASAN GAVHAR TUR SERVIS" MChJ, "XAMID JO‘RA TRANS" MChJ va Buxoro shahrida yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtotransport korxonalarining vakillari va haydovchilari ishtirok etdi. 

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori asosida Buxoro shahrida xorijiy sayyohlarga transport xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan “Bagira Elegant” MChJning Lasetti” va “Kobalt” rusumli yengil avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2011 yildagi 139-sonli qarori talablari asosida to‘liq jihozlanib, xorijiy va mahalliy mexmonlarni tashish uchun avtotransport vositalari Buxoro xalqaro aeroporti, Buxoro temir yo‘l vokzali hamda shaharning tarixiy qismida jamiyat tomonidan tashkillashtirilgan bir xil kiyim (oq ko‘ylak, galstuk, maxsus jiket, Buxoro tasviri tushiilgan kepka) “yuniforma” xizmat ko‘rsatmoqdalar. 

Tashrif buyuruvchilar yanada qulaylik yaratish maqsadida, aeroport va temir yo‘l vokzalida jamiyatning dispecherlik xizmati joriy qilingan. Kelgusida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada oshirish maqsadida sayyohlarga tarjimon va gidlar xizmatini ham joriy qilishi rejalashtirilgan.


Viloyat hokimining turizmni rivojlantirish
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati 

Orqaga Chop Etish  529 |   25-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation