Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Buxoroda mahoratli pazandalar ko'rik tanlovi o'tkazildi
Buxoroda mahoratli pazandalar ko'rik tanlovi o'tkazildi

Yangi 2018 yil kirib kelishi munosbati bilan mahalliy aholi, sayyoh va mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashish va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Buxoro viloyati hokimligi, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlari tashabbusi bilan 
Buxoro shahridagi “Abdulazizxon” madrasasiga tutash maydonda lazzatli taomlar va shirinliklar tayyorlash bo‘yicha “Mahoratli pazandalar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.


Ushbu tadbirda Buxoro, Kogon shaharlari va 11 ta tumandan 200 ga yaqin oshpaz va shirinliklar tayyorlovchi pazandalar o‘z kasb mahoratlarini namoyish qilishdi.


Kun bo‘yi davom etgan ko‘rik-tanlovda 5 mingdan ko‘proq aholi tashrif buyurib, pazandalar mahoratlaridan bahramand bo‘lishdi.
Ko‘pchilikning e’tiborini qozongan ushbu tanlovda Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan 100 dan ortiq mehmonlar ham qatnashishdi.
Tadbir natijalariga ko‘ra, 2017 yilning “Eng mahoratli oshpazi”, “Eng mahoratli shirinlik tayyorlovchi”, “Mahoratli pazandalar ko‘rik tanlovi faol ishtirokchisi” nominatsiyalari bo‘yicha sovrindorlariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar berildi.


Davlatimiz rahbari tomonlaridan Yangi yil bayrami munosabati bilan 5 kunlik dam olish kunlari etib belgilanishi va birinchi dam olish kuni Buxoro shahrida “Mahoratli pazandalar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazilishi viloyat aholisi va mehmonlar uchun yanada ko‘taringki bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbirda viloyat hokimi O‘.Barnoyev, tumanlar hokimlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Orqaga Chop Etish  349 |   02-01-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 59
  • Ko`rib chiqilmagan: 20
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

23-05-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation