Bosh sahifa /  Yangiliklar /  1 oktyabrdan paxta terimi tarifi 500 so‘m/kg etib belgilandi
1 oktyabrdan paxta terimi tarifi 500 so‘m/kg etib belgilandi

2017 yilgi paxta xom ashyosini qo‘lda terganlik uchun mehnatga to‘lov bo‘yicha 1 kg ga 450 so‘m etib belgilangan tarif stavkasi 1 oktyabrdan 500 so‘mga oshiriladi. Bu O‘zbekiston hukumatining 14 sentyabrdagi 2017 yilgi paxta xom ashyo hosilini xarid qilish narxlari to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan. O‘tgan yili tarif 285 so‘mni tashkil etgan.

Mamlakatning qator hududlarida paxta terish mashinalaridan foydalanish boshlangani hisobga olinib, mashina terimi uchun 1 tonnaga 260 ming so‘mlik tarif belgilandi.

Fermer xo‘jaliklariga terimchilarga har besh kunda, zarurat tug‘ilganida esa har kuni topshirilgan paxta xom ashyosi uchun to‘lovlarni amalga oshirib borish tavsiya qilindi.

Qarorda xabar qilinishicha, joylarda eng kamida 100 kishidan iborat terimchilar otryadlari tashkil etilmoqda.

Otryadlar rahbarlari paxta terimi davrida «O‘zpaxtasanoat» kompaniyasi paxta tozalash tashkilotlari bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga qabul qilinadi. Otryadlar rahbarlariga ish haqini o‘z vaqtida to‘lash uchun «Agrobank"ka 45 mlrd so‘m miqdorda kreditlar ajratish topshirildi.

Qayd etish joizki, 22 sentyabr kuni paxta terimiga jalb qilingan OTMlar talabalari hamda ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari o‘qish va ish joylariga qaytarilgan edi.

Orqaga Chop Etish  208 |   25-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation