Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  "Buxoro" klubi yangi futbolchilarini tanishtirdi.
"Buxoro" klubi yangi futbolchilarini tanishtirdi.
Tanishtiruv marosimi Buxoro viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi. Marosimda 10 nafar yangi futbolchi tanishtirildi.
Ushbu tadbirda dastlab Buxoro viloyat hokimi, viloyat futbol federatsiyasi raisi Barnoev O'ktam Isoevich so'zga chiqib, avvalo muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoliklarida yurtimizda sportni, jumladan, futbolni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar soha vakillari uchun muhim dastur bo'lib xizmat qilayotganini ta'kidlab o'tdi va yig'ilganlarga qarata “Buxoro” klubi 2018 yil, yangi mavsumda jamoa chempionlik uchun kurashashini aytib o'tdi.

Undan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev so'z olib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari haqida yig'ilganlarga so'zlab berdi. So'ngra qolganlar ham so'zga chiqib yaxshi tilaklarni bildirib tanishtiruv marosimini ochib berishdi.

Shundan keyin jamoa safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar: Sergey Rusetskiy, Arslanmurat Amanov, Marko Klisura, Asilbek Amonov, Aziz Ibragimov, Rahmatullo Berdimurodov, Shahboz Erkinov, Shavkat Salomov, Shavkat Mullajonov, Bahodir Nasimov keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali ravishda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi. Yig'ilgan barcha ularni birday yaxshi kutib olishdi.

Tanishtiruv marosimidan so'ng muxlislar va faxriylarga klub tomonidan sovg'alar tarqatildi. Marosim viloyat san'at ustalarining kontsert dasturlari bilan ko'tarinki kayfiyatda davom etdi. Zaldagi zavqona shukuh barchani birdek quvontirdi.

Manba : "Buxoro" matbuot xizmati

Orqaga Chop Etish  457 |   02-03-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 63
  • Ko`rib chiqilmagan: 24
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-06-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation