Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Shukronalik va bag‘rikenglik ayyomi
Shukronalik va bag‘rikenglik ayyomi

2017 yil 24 avgust kuni respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilgan "Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni Vatanimiz xal¬qi, barcha musulmonlar zo‘r quvonch bilan ¬kutib oldilar. Ushbu qarorga asosan O‘zbekiston musulmonlar idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni — 1 sentyabr, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaati inobatga olinib, mazkur bayramning mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi tantanalari bilan bir vaqtda nishonlanishining belgilangani nur ustiga a’lo nur bo‘ldi.

Hayit kunlari ota-onalarni e’zozlash, qarindosh-urug‘lar, yor-do‘stlar, ustozlar, keksalarni ziyorat qilib, duolarini olish, nogironlar holini so‘rash musulmonlarga yarashiqli, savobli ulug‘ ishlardan. Biror sababga ko‘ra arazlashgan, gina-kuduratli aka-uka yoki tanish-bilishlar hayit sharofati bilan yarashib, bir-birlariga quchoq ochsalar, ushbu bayramning mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi fazilatlariga fayz qo‘shilishi tayin.

"Mehrga muhtoj biror inson chetda qolmasin", degan olijanob taomilga amal qilinayotgan yurtimizda jonliq so‘yib qurbonlik qilgan dindoshlarimiz tomonidan qurbonlik go‘shti aynan muhtoj oilalarga tarqatilsa, uning savobi o‘n chandon ziyoda bo‘ladi. Shu o‘rinda yana bir gap. Ba’zilar hayit kunlarida isrofgarchilikka sabab bo‘ladigan, dinimizda bo‘lmagan amallarni ro‘yobga chiqarishga taraddud ko‘radilar. Chunonchi, yaqinlari vafot etgan xonadonlarda hayit xursandchiligiga rahna soladigan marosimlar o‘tkaziladi. Bu ishlar bid’atdan boshqa narsa emas. Mo‘min-musulmon isrofga, bayram kunini motamga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi, xursandchilik o‘rniga g‘am-qayg‘uga berilmaydi. Bid’atu xurofiy tadbirlarga ketadigan mablag‘larni o‘z o‘rniga—muhtojlarga, faqir, miskinlarga, yetim-yesir, beva-bechoralarga ulashish lozim. Chunki hayit shod-xurramlik, ko‘ngil olish, mehr-oqibat bayrami.

Ushbu muborak kunlarda haj ziyoratini bajarishga muyassar bo‘lgan 250 nafar viloyatdoshimiz ko‘plab hamyurtlarimiz qatori ulug‘ qadamjolarda ibodat qilmoqdalar. Allohning muborak baytini tavof qilib, islomning beshinchi arkonini ado etish nasib etgan hojilarimiz jannatmonand O‘zbe¬kis¬toni¬mizda tinchlik-xotirjamlik, fa¬ro¬von¬lik va taraqqiyot bo‘lishini Yaratgandan iltijo qilib so‘rashmoqda.

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin! Xonadonlarimizga ushbu qutlug‘ bayramning fayzi barakoti yog‘ilsin.

Orqaga Chop Etish  249 |   31-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation