Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Buxoro – Miskin temir yo‘lida po‘lat izlari ulandi
Buxoro – Miskin temir yo‘lida po‘lat izlari ulandi

Ma’lumki, Prezident Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro-Miskin yangi temir yo‘l qurilishida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan tanishib, yo‘nalishdagi ishlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalarini bergan edi. Mamlakat Prezidenti tomonidan bildirilgan ishonchni temiryo‘lchilar oqlashdi. Ya’ni qisqa muddatda milliy va zamonaviy kommunikatsiya tarmog‘ining bir qismi Buxoro – Miskin temir yo‘li qurilishining birinchi bosqichini o‘z yakuniga yetkazishdi. Bugun loyihaning 147 va 148 kilometrlar oralig‘ida so‘nggi po‘lat izlarni yotqizish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan yangi temir yo‘lning umumiy uzunligi 335 km.ni tashkil etadi. Ayni paytda 335 km.ga po‘lat izlar yotqizildi. Shuningdek, 121 ta sun’iy inshoot, 12 ta ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgichlar qurib bitkazildi. 21,2 mln kubometr hajmdagi tuproq ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga ushbu yo‘nalishda 5 ta stansiya va shuncha raz’ezdlar ham barpo etildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 283,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, shu kungacha 247 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirildi. 

Prezident Shavkat Mirziyovning 2017 yil 13 martdagi «Buxoro — Miskin temir yo‘l liniyasini qurish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, mazkur liniyada bunyodkorlik ishlari jadal olib borildi. Jumladan, keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlarini tezkor, sifatli, o‘z muddatida foydanishga topshirish uchun 1500 dan ortiq ishchi-xizmatchilar, yo‘l qurilishi bilan bog‘liq soha mutaxassislari, 1000 dan ziyod qudratli mexanizmlar jalb etilgan edi. 

Qurilish-montaj jarayonlari Buxoro tumanidan Miskin bekatigacha bo‘lgan oraliqda, bir vaktning o‘zida har ikki tomondan qurib kelindi. Loyihani zamon talablari darajasida foydalanishga topshirish uchun respublikada hozirgacha amalga oshirilgan yirik loyihalar, jumladan, «Navoiy – Uchquduq – Sulton-Uvaystog‘ – Nukus», «Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on», «Angren – Pop» temir yo‘l qurilishlarida faol qatnashgan tajribali temiryo‘lchilar mazkur loyihaga biriktirilgan.


Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
Mazkur loyiha hayotga tatbiq etilgach, poyezdlar harakati tezkorligi oshadi, ularning harakatlanish vaqti qisqaradi. Dastlab, mazkur temir yo‘l liniyasi orqali yuk poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Bu esa ushbu xududdagi qazilma boyliklarini o‘zlashtirish, ulardan samarali foydalanish va shu bilan birga yangi ishlab chikarish korxonalarini ochishga zamin yaratadi.

Shu kunga qadar poytaxtdan Urganchga qatnovchi poyezdlar 1064 kilometr yo‘l bosib «Navoiy-Uchquduq-Miskin» magistrali orqali harakatlanayotgan bo‘lsa, ushbu loyihaning qurib bitkazilishi bilan poyezdlar qatnovi qariyib 75 kilometrga qisqaradi. Tabiiyki bu yo‘l uchun ketadigan vaqtni, yonilg‘ini va boshqa xarajatlarni tejashga zamin yaratadi. Bugun, butun O‘zbekistonning xudud va mintaqalarini qamrab oladigan yagona milliy temir yo‘l tarmog‘i barpo etildi. Ular orqali yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik xavfsiz elektropoyezdlari qatnovining yo‘lga qo‘yilishi kimlar uchun mo‘’jiza, ba’zilar uchun kutilmagan yangilik, yana birovlar uchun esa orzular ro‘yobi bo‘ldi. Ayni damda mamlakat temir yo‘llarining umumiy uzunligi 6500 kilometrdan ortiq bo‘lsa, Buxoro-Miskin yangi temir yo‘l loyihasi foydalanishga topshirilgandan so‘ng bu ko‘rsatkich qariyb 7000 kilometrga yetadi.

Orqaga Chop Etish  331 |   08-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation