Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Kurashning Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgani rasman e’lon qilindi
Kurashning Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgani rasman e’lon qilindi

Kurashning 2018 yili Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVIII Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgani rasman e’lon qilindi, deb xabar qildi O‘zA. Bu haqda Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasida e’lon qilindi.

Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov sovrini uchun Shahrisabzda Amir Temur, Termiz shahrida Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlab xalqaro turnirlar tashkil etildi. 1992−1998 yillarda Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, Amerika, Rossiya kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan yirik sport anjumanlarida o‘zbek kurashi keng namoyish qilindi.

Jahon hamjamiyati 1998 yil 6 sentyabr kuni o‘zbek kurashini xalqaro sport turi sifatida rasman e’tirof etdi. Osiyo, Yevropa va Amerikaning 28 davlati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ta’sis kongressida Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga asos solindi.

«Osiyo olimpiya kengashi tomonidan har to‘rt yilda tashkil etiladigan va qit’a olimpiadasi sifatida e’tirof etilgan yozgi Osiyo o‘yinlari nufuzi va ahamiyati jihatidan Olimpiya o‘yinlaridan keyingi muhim musobaqadir. Unda qit’amizning deyarli barcha mamlakatlaridan minglab sportchilar ishtirok etadi. Shu bois mazkur o‘yinlar dasturidan jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega, barcha qit’alarda rivojlanib borayotgan sport turlari joy oladi, — dedi Kurash xalqaro assotsiatsiyasi matbuot kotibi Jamshid Namozov. — Kurashning XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritilishi bu yo‘nalishda zalvorli qadam qo‘yilganidan, uning xalqaro sport hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotganidan dalolatdir».

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalari sakkizta vazn toifasida o‘tkaziladi. Erkaklar 66, 73, 81, 90 kilogrammgacha, 90 va undan ortiq, xotin-qizlar esa 52, 63, 78 kilogrammgacha vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashadi.

Orqaga Chop Etish  89 |   25-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation