Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Mobil qurilmalar IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olinadi
Mobil qurilmalar IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olinadi

O‘zbekistonda mobil qurilmalarni xalqaro identifikatsiya kodi (IMEI) bo‘yicha majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentning shu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Hujjatni 1 dekabrdan kuchga kiritish rejalashtirilmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bunday mexanizm dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, mobil qurilmalarini noqonuniy olib kirish va ulardan noqonuniy foydalanishga qarshi kurash uchun imkoniyat yaratadi.

Qurilmalarni IMEI-kod bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi tarmoqlar va telekommunikatsiya vositalaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashni kuchaytirish, ular bilan bog‘liq o‘g‘irliklar sonini kamaytirish, bu turdagi jinoyatlarga qarshi tezkor choralarni amalga oshirishga yordam beradi.

IMEI-kodlarni ro‘yxatga olish uchun to‘lov joriy etish taklif etilmoqda. Bunda import qilinuvchi qurilmalar narxlarining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bojxona to‘lovlarini optimallashtirish rejalashtirilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, IMEI-kodlaridan foydalanish va ularni ro‘yxatga olish masalalarini boshqarish va muvofiqlashtirish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tizimni ro‘yxatga olish operatori vazifasi O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi, mobil qurilmalarga guvohnoma berish vazirlikning Ilmiy-tadqiqot va marketing tadqiqotlar markazi zimmasiga yuklatilishi rejalashtirilgan.

Qarorda mobil qurilmalardan noqonuniy foydalanish, ularni uchinchi shaxsga berish maqsadida, IMEI-kodlarni o‘zgartirish (klonlashtirish, ko‘paytirish, boshqasiga almashtirish) kabi xatti-harakatlarning qonunga zidligini belgilab qo‘yish taklif qilinmoqda.

IMEI-kodga ega bo‘lmagan mobil qurilmalardan foydalanayotgan abonentlarga mobil xizmatlarni ko‘rsatishni taqiqlash taklif qilinmoqda.

Qarorda O‘zbekistonda mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish qoidalarini qabul qilish, buning uchun maxsus apparat-ta’minoti kompleksini yaratish hamda IMEI-kodlarni ro‘yxatga oluvchi tizim operatori qoshida abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Orqaga Chop Etish  172 |   03-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation