Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimi 2019 yilgacha ishga tushadi
Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimi 2019 yilgacha ishga tushadi

O‘zbekiston hukumati 14 sentyabr kuni Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda «Gazeta.uz"ning Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligidagi axborot manbasi xabar qildi.

Tizimni 2018 yil avgustiga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, kommunal xizmatlar axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari keyinroq qo‘shiladi. Xususan, elektr va gaz ta’minoti 2019 yil yanvarga qadar ulansa, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti 2020 yil so‘ngiga qadar qo‘shiladi.

Yagona billing tizimi kommunal xizmatlarning amaldagi tariflariga muvofiq iste’molchilarga hisobni berish va hisob raqamlaridagi mablag‘larni nazorat qilish, hisobga o‘tkazish va hisobdan chiqarishga imkon beradi.

Tizim doirasida butun O‘zbekiston bo‘yicha kommunal xizmatlar iste’molchilarining yagona reyestri joriy etilib, elektron hukumat tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

Tizim iste’molchilarga kommunal xizmat ko‘rsatishni faollashtirish yoki to‘xtatib qo‘yish uchun hisoblagichlarni boshqarish imkoniyatini yaratadi. Billing tizimini elektron to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining UZINFOCOM Markazi bazasida tashkil etilgan Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori Yagona billing tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun mas’ul etib belgilandi.

Loyiha ijrochisi joriy yil oxiriga qadar aniqlanishi lozim. Ishlanma uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilgan.

Orqaga Chop Etish  177 |   20-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation