Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Moskva va Butun Rus Patriarxi Buxoroda
Moskva va Butun Rus Patriarxi Buxoroda

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill boshchiligidagi Rus pravoslav cherkovining Moskva Patriarxati delegatsiyasi 2 oktyabr kuni Buxoroga keldi.Buxoro xalqaro aeroportida ularni viloyat hokimi O‘.Barnoyev va jamoatchilik vakillari kutib oldi.

Rossiyalik din peshvolari viloyat markazidagi pravoslav cherkovining Arxistratig Mixail ibodatxonasiga tashrif buyurdi. Bu yerda Patriarx diniy marosim o‘tkazib, ibodatxonaga ikona sovg‘a qildi.

Ta’kidlash kerak, mamlakatimizda turli dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida diniy bag‘rikenglik masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Bugungi kunda viloyatda 9 ta konfessiyasiga mansub yuzdan ziyod diniy tashkilotlar faoliyat yuritib kelmoqda. Yurtimizda diniy bag‘rikenglik, dinlararo hamjihatlik va hamkorlik mustahkamlanib borayotir. Bu esa mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikning muhim omiliga aylangan.

Yuksak martabali mehmon va hamrohlari Buxoro shahrining dunyoga mash¬hur me’moriy va tarixiy obidalari sirasiga kiruvchi Chashmai Ayub maqbarasi, Poyi Kalon majmuasi, undagi Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti va Kalon masjidi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ular Ark qal’asida ham bo‘ldi.

—Men Buxoro haqida ko‘p o‘qiganman,—dedi Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill jurnalistlarga bergan intervyusida.—Islom taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan bu shahardan mashhur mutafakkirlar va ulamolar yetishib chiqqan. Kezi kelganda aytish kerakki, e’tiqod va axloqiy qadriyatlar ustuvor joyda iqtisodiy yuksalish va farovonlik bo‘ladi. Mamlakatingizda islom asosiy din hisoblanadi. Lekin sizlarda bosh¬qa konfessiyalar, jumladan xristian va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilarga ham o‘z amallarini ado etishlari uchun teng sharoitlar yaratilganligi e’tiborga loyiq. Men Buxoroning qadimiy obidalarini hayrat bilan tomosha qildim. Ular noyob. Ana shunday me’moriy obidalarni yaratgan xalqning bugungi avlodlari ma’naviyati yuqori bo‘lishi, umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashi tabiiy.

Shu kuni Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill boshchiligidagi delegatsiya Buxoro xalqaro aeroportidan Moskvaga jo‘nab ketdi.

 

Suratlar:

Orqaga Chop Etish  283 |   04-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation