Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Malayziya bilan turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari
Malayziya bilan turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari

Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Shaxriyorov boshchiligidagi turizm sohasi sub’ektlari vakillaridan iborat Buxoro delegatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lampur shahrida 8-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “MATTA FAIR-2017” Xalqaro turistik yarmarkasida qatnashdilar. 
Malayziyadagi tadbir yakuni bo‘yicha vakillarimiz xorijiy mamlakatlarning 300 dan ortiq turistik tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazishib, 170 ga yaqin shartnoma va kelishuvlar tuzishga erishdilar. Misol uchun, Buxoro viloyati delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan “East Line Tour” kompaniyasi olib borgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, Malayziyadan joriy yilning oktyabr oyida 8 nafar, noyabr oyida 24 nafar, 2018 yil mart oyida esa 40 nafar mehmonlarning Buxoroga tashrifi kutilyapti.
Qayd etish lozimki, yarmarka davomida Malayziyaning “MATTA” sayyohlik firmalari va agentliklari Assotsiatsiyasi rahbariyati Buxoroning turistik salohiyatiga katta qiziqish bildirib, yarmarka yakunlangandan so‘ng Malayziya yetakchi turistik kompaniyalarining Buxoro delegatsiyasi bilan alohida “Tet a Tet” (Ma’lumot uchun: “tête-à-tête” atamasi fransuz tilidan olingan bo‘lib, “boshma-boshma” deb tarjima qilinsada, xalqaro munosabatlarda yuzma-yuz ikki tomonning alohida muzokara olib borilishi nazarda tutiladi) formatidagi uchrashuvga taklif qilishdi. Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Yunusov ko‘magida va bevosita ishtirokida yuqori darajada tashkillashtirildi. 

Uchrashuv davomida Malayziyaning “MATTA” assotsiyasi vitse-prezidenti Sinsia Tan boshchiligida 12 ta yetakchi sayyohlik tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Malayziyaliklar tomonidan avvalambor O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish masalasiga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlanib, ayniqsa Imom al-Buxoriy vataniga sayohat qilish ishtiyoqi balandligi haqida qayd etildi. O‘zbekiston tomonidan ishtirok etgan 5 nafar tur operatorlar Maylayziya tomoni vakillariga O‘zbekiston, xususan Buxoro to‘g‘risida keng ko‘lamli taqdimot asosida yorqin axborotlar bilan o‘rtoqlashishdi.
O‘zaro do‘stona ruhda o‘tgan ushbu uchrashuvda hamyurtlarimiz Hukumatimiz, jumladan Buxoro viloyati hokimligi tomonidan turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar va kafolatlar haqida tushuntirishlar berishib, Malayziyadagi hamkasblari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.  
O‘z navbatida Malayziya tomoni vakillari ham turizm sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, ular “MATTA” assssiyasining tashkiliy-huquqiy tuzilishi haqida kengroq ma’lumot berishib, unga ko‘ra “MATTA” Assotsiatsiyasi turistik kompaniyalar uchun har xil tadbirlar tashkillashtirish bilan bir vaqtda, sohaga zarur kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash, axborot-kommnikatsiya xizmatlari ko‘rsatish, turli huquqiy hujjatlar va yozishmalarni ishlab berish hamda mavjud muammolarni hal etishga doir tavsiyalar asosida amaliy yordam ko‘rsatishi ma’lum qilindi. Muzokaralar jarayonida kelgusida Buxoroda ham turizm sohasi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi sub’ektlarning uyushmasini tuzishda MATTA tajribasidan foydalanishg ijobiy samara berishi e’tirof etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 
2017 yil 8-10 sentyabr kunlari turistik soha vakillari uchun tashkillashtirilgan yarmarkada ishtirok etgan Buxoro delegatsiyasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni uddaladi. Istiqbolda ushbu safarda erishilgan kelishuvlar va hamkorlik tadbirlari Buxoroga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimining yanada ortishiga xizmat qiladi.Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Shaxriyorov boshchiligidagi turizm sohasi sub’ektlari vakillaridan iborat Buxoro delegatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lampur shahrida 8-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “MATTA FAIR-2017” Xalqaro turistik yarmarkasida qatnashdilar.
Malayziyadagi tadbir yakuni bo‘yicha vakillarimiz xorijiy mamlakatlarning 300 dan ortiq turistik tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazishib, 170 ga yaqin shartnoma va kelishuvlar tuzishga erishdilar. Misol uchun, Buxoro viloyati delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan “East Line Tour” kompaniyasi olib borgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, Malayziyadan joriy yilning oktyabr oyida 8 nafar, noyabr oyida 24 nafar, 2018 yil mart oyida esa 40 nafar mehmonlarning Buxoroga tashrifi kutilyapti.
Qayd etish lozimki, yarmarka davomida Malayziyaning “MATTA” sayyohlik firmalari va agentliklari Assotsiatsiyasi rahbariyati Buxoroning turistik salohiyatiga katta qiziqish bildirib, yarmarka yakunlangandan so‘ng Malayziya yetakchi turistik kompaniyalarining Buxoro delegatsiyasi bilan alohida “Tet a Tet” (Ma’lumot uchun: “tête-à-tête” atamasi fransuz tilidan olingan bo‘lib, “boshma-boshma” deb tarjima qilinsada, xalqaro munosabatlarda yuzma-yuz ikki tomonning alohida muzokara olib borilishi nazarda tutiladi) formatidagi uchrashuvga taklif qilishdi. Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Yunusov ko‘magida va bevosita ishtirokida yuqori darajada tashkillashtirildi.
Uchrashuv davomida Malayziyaning “MATTA” assotsiyasi vitse-prezidenti Sinsia Tan boshchiligida 12 ta yetakchi sayyohlik tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Malayziyaliklar tomonidan avvalambor O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish masalasiga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlanib, ayniqsa Imom al-Buxoriy vataniga sayohat qilish ishtiyoqi balandligi haqida qayd etildi. O‘zbekiston tomonidan ishtirok etgan 5 nafar tur operatorlar Maylayziya tomoni vakillariga O‘zbekiston, xususan Buxoro to‘g‘risida keng ko‘lamli taqdimot asosida yorqin axborotlar bilan o‘rtoqlashishdi.
O‘zaro do‘stona ruhda o‘tgan ushbu uchrashuvda hamyurtlarimiz Hukumatimiz, jumladan Buxoro viloyati hokimligi tomonidan turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar va kafolatlar haqida tushuntirishlar berishib, Malayziyadagi hamkasblari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.  


O‘z navbatida Malayziya tomoni vakillari ham turizm sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, ular “MATTA” assssiyasining tashkiliy-huquqiy tuzilishi haqida kengroq ma’lumot berishib, unga ko‘ra “MATTA” Assotsiatsiyasi turistik kompaniyalar uchun har xil tadbirlar tashkillashtirish bilan bir vaqtda, sohaga zarur kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash, axborot-kommnikatsiya xizmatlari ko‘rsatish, turli huquqiy hujjatlar va yozishmalarni ishlab berish hamda mavjud muammolarni hal etishga doir tavsiyalar asosida amaliy yordam ko‘rsatishi ma’lum qilindi. Muzokaralar jarayonida kelgusida Buxoroda ham turizm sohasi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi sub’ektlarning uyushmasini tuzishda MATTA tajribasidan foydalanishg ijobiy samara berishi e’tirof etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 
2017 yil 8-10 sentyabr kunlari turistik soha vakillari uchun tashkillashtirilgan yarmarkada ishtirok etgan Buxoro delegatsiyasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni uddaladi. Istiqbolda ushbu safarda erishilgan kelishuvlar va hamkorlik tadbirlari Buxoroga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimining yanada ortishiga xizmat qiladi.

Orqaga Chop Etish  214 |   19-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation