Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Shaxriyorov Botirjon Zavqiddinovich
Shaxriyorov Botirjon Zavqiddinovich

2017 yil 18 avgustdan: Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
 

Tug‘ilgan yili:19.04.1971

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani 
Millati: o‘zbek

Ma’lumoti:oliy

Tamomlagan:

1994 y. Toshkent davlat texnika universiteti (kunduzgi),

1998 y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (kunduzgi),

2004 y. O‘zbekiston milliy universiteti (sirtqi)

Ma’lumoti buyicha mutaxassisligi: muhandis, iqtisodchi, huquqshunos

Ilmiy darajasi:iqtisod fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: dotsent

Qaysi chet tillarini biladi: rus, ingliz tillari 


Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):
yo‘q
Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa
saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):
yo‘q

MEHNAT FAOLIYaTI
1988-1988 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq uy-joy qurilish kombinati ishchisi
1988-1989 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq avtobus-taksi parki avtosozlovchisi
1989-1994 yy. - Toshkent Davlat texnika universiteti talabasi

1994-1995 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining "SANIIRI" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 
kichik ilmiy xodimi 

1995-1997 yy. - Toshkent shahar Hamza tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori, bosh inspektori 

1997-2000 yy. - Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi katta inspektori, bosh inspektori
2000-2004 yy. - Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi sho‘’ba boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari v.b.
2004-2004 yy. - Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil boshqarmasining byudjet-soliq, pul kredit siyosati sho‘’basi yetakchi mutaxassisi 

2004-2005 yy. - Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yig‘ma axborot-tahlil departametining hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi 

2005-2007 yy. - Toshkent shahar hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari 
2007-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-nazorat xizmati inspektori 
2009-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq
solish boshqarmasi boshlig‘i 
2011-2014 yy. - Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bosh direktori v.b. (“Mulk-Invest” davlat korxonasi rahbari) 
2014-2015 yy. - “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi 
2015-2017 yy. - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i
2017-2017 yy. - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i
2017 y. - h.v. - Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2017 yil 18 avgustdan:
Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Tug‘ilgan yili: Tug‘ilgan joyi:
19.04.1971 Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani 
Millati: Partiyaviyligi:
o‘zbek yo‘q
Ma’lumoti: Tamomlagan:
oliy 1994 y. Toshkent davlat texnika universiteti (kunduzgi), 1998 y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (kunduzgi), 2004 y. O‘zbekiston milliy universiteti (sirtqi)
Ma’lumoti buyicha mutaxassisligi: muhandis, iqtisodchi, huquqshunos

Ilmiy darajasi: Ilmiy unvoni:
iqtisod fanlari nomzodi dotsent
Qaysi chet tillarini biladi:
rus, ingliz tillari 
 

MEHNAT FAOLIYАTI


1988-1988 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq uy-joy qurilish kombinati ishchisi
1988-1989 yy. - Toshkent viloyati Olmaliq avtobus-taksi parki avtosozlovchisi
1989-1994 yy. - Toshkent Davlat texnika universiteti talabasi

1994-1995 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining "SANIIRI" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 
kichik ilmiy xodimi 

1995-1997 yy. - Toshkent shahar Hamza tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori, bosh inspektori 

1997-2000 yy. - Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi katta inspektori, bosh inspektori
2000-2004 yy. - Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi sho‘’ba boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari v.b.
2004-2004 yy. - Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil boshqarmasining byudjet-soliq, pul kredit siyosati sho‘’basi yetakchi mutaxassisi 

2004-2005 yy. - Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yig‘ma axborot-tahlil departametining hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi 

2005-2007 yy. - Toshkent shahar hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari 
2007-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-nazorat xizmati inspektori 
2009-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq
solish boshqarmasi boshlig‘i 
2011-2014 yy. - Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bosh direktori v.b. (“Mulk-Invest” davlat korxonasi rahbari) 
2014-2015 yy. - “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi 
2015-2017 yy. - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i
2017-2017 yy. - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i
2017 y. - h.v. - Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

 

Viloyat hokimining turizmni rivojlantirish 
masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining 
VAZIFALAR TAQSIMOTI


1. Viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda - O‘rinbosar) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga amal qiladi.
2. Quyidagilar O‘rinbosarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash;
- tegishli hududlarda turizm sohasidagi asosiy vazifalar va turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
- turizm sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
- turistlar (ekskursantlar)ga tegishli hududlardagi turistik resurslardan samarali foydalanish, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi favqulodda yordam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash;
- turizm sohasida turli tadbirlar (festivallar, sayllar, teatrlashtirilgan tomoshalar, ko‘rgazmalar, anjumanlar)ni tashkil etish va o‘tkazish;
- chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
- sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu boradagi mavjud muammolar va to‘siqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq mexanizmlarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash;
- turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularning holatini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish;
- qo‘shimcha sayyohlik tashrif ob’ektlari, ko‘ngilochar komplekslar barpo etish bo‘yicha choralar ko‘rish, madaniy meros ob’ektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish;
- turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
- turizm sohasidagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish;
- turizmni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idora va qo‘mitalarning hududiy boshqarmalarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
- turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini ko‘rish;
- turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, turizm xizmatlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, chet mamlakatlardagi turizm markazlarida narx kon’yukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi xizmat va mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni eksport qilinishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
- madaniy-tanishtiruv maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ekskursiya va sayohatlar tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
- yurtimizda va chet el mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan milliy va xalqaro turizm yarmarkalarida muntazam ravishda faol ishtirok etish yo‘li bilan hududning ijobiy qiyofasini shakllantirish;
- chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
-viloyatga chegaradosh viloyatlar, tuman (shaharlar) hududida joylashgan turizm ob’ektlariga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini viloyatga jalb qilishga doir hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish;
- jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkil etish, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqish;
- tegishli hududlarda turizm axborot markazlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini ta’minlash va boshqalar.
O‘rinbosar viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatiga rahbarlik qiladi.
O‘rinbosar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.


3. O‘rinbosar unga yuklatilgan vazifalar doirasida quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi:
- Viloyat madaniyat boshqarmasi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Viloyat jismoniy tarbiy va sport boshqarmasi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Viloyat madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyasi;
- Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- O‘zbekiston Respublika Savdo-sanoat palatasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Markaziy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasi va viloyat tijorat banklari (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Viloyatdagi turizm sohasi sub’ektlari (mehmonxonalar, turoperatorlar, turagentlar, hamroh-tarjimonlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va b.);
- Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Tashqi ishlar vazirligining viloyatdagi konsullik bo‘limi;
- Viloyat “Hunarmand” uyushmasi;
- Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qo‘riqxonasi direktori
- Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Viloyat oshpazlar uyushmasi;
- “Tasviriy oyina” va boshqa ijodiy uyushmalar (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Buxoro Xalqaro aeroporti (turizmni rivojlantirish masalasida);
- Viloyat mintaqaviy temiryo‘l uzeli (turizmni rivojlantirish masalasida);
- boshqa turizm infratuzilmasini shakllantirishda va turistlarga xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlar (turizmni rivojlantirish masalasida).
Shuningdek O‘rinbosar Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
4. O‘rinbosar turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq komissiya va kengashlarga raislik hamda tegishli ishchi guruhlarga rahbarlik qiladi.
5. O‘rinbosar o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
6. Viloyatda turizmni rivojlantirish, hududning sayyohlik salohiyatini dunyoga keng targ‘ib qilish, viloyatga tashrif buyurishi kutilayotgan sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish, sohadagi mavjud muammolarni tizimli asosda hamda o‘z vaqtida bartaraf etish uchun javob beradi.

Orqaga Chop Etish  717 |   30-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation