Bosh sahifa /  Yangiliklar /  "Yosh oilalar va qizlar" forumi
"Yosh oilalar va qizlar" forumi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi va Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlab, Buxoroda "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida "Yosh oilalar va qizlar" respublika forumi tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Forum viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda turli davlat va ¬nodavlat tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi hi¬soblangan ushbu tadbir o‘z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘z¬bekiston yoshlar ittifoqi faoliya¬tini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tadbir "Men ham yetakchi bo‘laman" mavzusiga bag‘ishlab, deputatlar va turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar, ijtimoiy faol, shuningdek, uyushmagan qizlar ishtirokidagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sh.Navro‘zova va ¬boshqalar mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida ayollarning munosib o‘rni bor¬ligini ta’kidladi.

Bugungi kunda birgina Buxoro viloyati, tuman va shaharlar mahalliy Kengashlariga 80 dan ziyod xotin-qizlar deputat etib saylangan. Mahalliy hokimiyat boshqaruvi organlari, turli davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari orasida ko‘plab ayollar bor. Ularning ish tajribasini ommalashtirish qizlarning ijtimoiy faolligi va daxldorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tadbirda shu maqsadga qaratilgan loyihalar samaradorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Forum doirasida "Ta’lim va fan" mavzusida ushbu sohada faoliyat olib borayotgan yosh olimalar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. "Buxoro kitob olami" maj¬muasida tashkil etilgan keng ma’rifiy tadbir yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda yosh ijodkorlar o‘zlarining ilk asarlari taqdimotini ham o‘tkazdi.

—Yurtimizda yosh qalamkashlarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda,—deydi ulardan biri Go‘zal Ro‘ziyeva.—O‘tgan yili "Bahor yaqin" deb nomlangan ilk she’riy to‘plamim O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi "Ijod" jamoat fondining mablag‘lari hisobiga 20 ming nusxada chop etildi.

Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega kichik biznes sohasiga xotin-qizlarni jalb etish dolzarb masalalardan biri. Forum doirasida "Tadbirkor ayol" assotsia¬siyasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Kim nimaga qodir?" loyihasi ayni shu masalaga qaratildi. Unda viloyatning turli hududlaridan taklif qilingan doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan 60 nafardan ziyod xotin-qizlar bo‘limning "Biznes inkubatori"da tajribali ayol tadbirkorlar tomonidan tikuvchilik, milliy hunarmandchilik, oila salomatligi, pazandalik kabi o‘nga yaqin yo‘nalishlardagi mahorat darslarida qatnashdi.

"Sog‘lom turmush tarzi" aksiyasiga qiziqish bildirgan qizlar va yosh ayollar davrasi ham keng bo‘ldi. Ular uchun bu yerda sog‘lom turmush tarziga rioya etishning asosiy qoidalari: kun tartibini rejalashtirish, to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlarni bartaraf etish usullari, shaxsiy gigiyena, tibbiy madaniyat targ‘iboti o‘tkazildi. Ushbu aksiya doi¬rasida o‘tkazilgan suv sporti, yugurish musobaqalari ko‘pchilikni jalb etdi.


Erkin Yodgorov, "Buxoronoma" muxbiri.

Orqaga Chop Etish  311 |   24-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation