Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Buxoroda “Toza havo" oyligi tadbirlari doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi
Buxoroda “Toza havo" oyligi tadbirlari doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi

Buxoro viloyatida “Toza havo" oyligi tadbirlari doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. 

Mutaxassislarning fikricha, atmosferaning ifloslanishi va ekologik muvozanat buzilishida nafaqat sanoat korxonalari, balki avtotransport vositalarining ham ulushi ortmoqda. Avtomobillardan chiqayotgan tutun tarkibidagi zararli gazlar atmosfera havosini ifloslantirish bilan birga, inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, avtotransport vositalarining texnik holatini o‘rganish va tabiiy muvozanatni yaxshilashga qaratilgan mazkur oylik doirasida turli tushuntirish-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida avtokorxonalarda, shaharga kirish joylari va yo‘l-patrul maskanlarida transport vositalari chiqarayotgan zaharli gaz miqdorini aniqlash maqsadida maxsus uskunalar yordamida ekologik ko‘rikdan o‘tkazildi. 

– Oylik davomida 12 mingdan ziyod avtotransport vositasi tekshirildi, 120 tasida chiqindi gazlar miqdori davlat standartida belgilanganidan ko‘pligi aniqlandi, – deydi Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi atmosfera havosini muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i D.Muhammedova. – Ushbu avtomashinalar haydovchilari ogohlantirildi va transport vositalarining texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida tuzatilishi ta’minlandi. Shu tariqa bu mashinalardan bir yil mobaynida qariyb 950 kilogramm zaharli modda havoga chiqarib yuborilishining oldi olindi. 

Oylik tadbirlari doirasida avtokorxonalar jamoasi va shaxsiy avtomashinalar haydovchilariga mashinalarning ekosozligi atmosfera havosining tozaligini ta’minlash, salomatligimizni asrashda nechog‘li ahamiyatga ega ekani tushuntirildi. 

Gaz yoqilg‘isida harakatlanadigan mashina atrof-muhitni nisbatan kam zaharlaydi. Binobarin, mamlakatimizda xo‘jalik sub’ektlari va shaxsiy avtomobil egalarining avtotransport vositalarini suyultirilgan yoki siqilgan gazda ishlashga o‘tkazishiga alohida e’tibor qaratilayotir. Joriy yilda Buxoro viloyatida yana 1100 avtotransport vositasini ana shunday texnik jihozlash ko‘zda tutilmoqda. 

Yurtimizda havo musaffoligini ta’minlashga oid bunday tadbirlar bilan birga, xalqaro standartlarga mos yoqilg‘i ishlab chiqarish, avtomashinalarni ekologik sof yoqilg‘iga o‘tkazish bo‘yicha ham keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu havoga chiqarilayotgan zararli moddalarni bir necha barobar kamaytirish imkonini berayotir. 

Orqaga Chop Etish  221 |   11-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation