Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi takomillashmoqda
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi takomillashmoqda

Yaqinda "O‘zbektelekom" AK "Uzmobayl" filiali Buxoro hududiy bog‘lamasida o‘tkazilgan seminar shu masalaga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qi¬lish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi, viloyat prokuraturasi, IIB, soliq, bojxona boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy bosh¬qarmasi mas’ul xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Fuqarolarimizning murojaatlar yuzasidan huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxs¬larning murojaatlari bilan ishlovchi davlat va nodavlattashkilotlarining faoliyati bilan keng tanishtirish maqsadida tashkillashtirilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘-risida"gi qo¬nunning yangi tahriri haqida so‘z bordi.

Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Habib Saidov, viloyat prokurori yordamchisi Dilnoza Qandaxarova, FJShMQMI hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi Akmal Davlatovlar "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘¬risida"gi yangi tahrirdagi qo¬nun mazmun-mohiyati, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonasi bilan bog‘¬liq o‘zgarishlar, davlat organlari tomonidan fuqarolar ¬murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi xususida gapirib o‘t¬dilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Orqaga Chop Etish  139 |   12-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation