Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Kelajak sardorlari
Kelajak sardorlari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda imzolangan qo‘shma xatlarga asosan 2017 yil 4-5 sentyabr kunlari respublikaning barcha hududlari, jumladan viloyatimiz umumta’lim maktablarida sinf Sardorlar kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida guruh Yetakchilar kengashi saylovlari hamda tuman va shahar Kengashlarida "Kamalak"ka a’zoman!" lo-yihalari tashkil etildi. Ularda so‘zga chiqqan ishtirokchilar saylanganlarni Vatan oldidagi bu muqaddas va sharafli burchga kirishayotgani bilan muborakbod etar ekanlar, haqli ravishda iqtidorli yoshlarni kelajak sardorlari, deya e’tirof etdilar.

Qayd etilganidek, ushbu saylovlar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda milliy iftixor va o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, o‘z xalqining tarixi hamda madaniyatini hurmat qilishdek fazilatlarni shakllantirish borasidagi ulkan ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda ta’lim muassasalarining a’lochi, iqtidorli tengdoshlari orasida har tomonlama o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar a’zolik qasam¬yodini qabul qildilar va ularga ko‘krak nishonlari taqdim etildi. Vatanni madh etuvchi, baxtli bolalik va yoshlikni tarannum etuvchi taronalar, raqslardan iborat bayram dasturlari tashkil etildi.

— Men "Kamalak" bolalar tashkilotining Sardorlar kengashiga saylanganimdan nihoyatda xursandman, — deydi Shofirkon tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi Mirziyo Sharifboyev. — Bunda avvalo sinfdoshlarimning daldasi menga ko‘mak bo‘ldi. Bugun "Kamalak"ka a’zoman" ko‘krak nishoni ko‘ksimga qadalar ekan, zimmamdagi vazifa mas’uliyatini yana bir karra chuqur his etdim. Sardorlik faoliyatim davomida tortinchoq, uyatchanligi sababli o‘z bilim va qobiliyatini namoyon etishga qiynaladigan o‘quvchilar bilan ishlashni maqsad qilganman. Mana shu vaj bilan past o‘zlashtiruvchilar safiga tushib qolgan tengdoshlarimni a’lochilar qatoriga qo‘shishni istayman.

Orqaga Chop Etish  187 |   07-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation