Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Mustaqillik darslari
Mustaqillik darslari

2 sentyabrda barcha ta’lim dargohlarida Mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

Mustaqillik haqida so‘z ketganda yurak hayajon bilan larzaga keladi. Qalbda faxr-iftixor tuyg‘usi jo‘sh uradi. Viloyatning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Buxoro tumanidagi 10-son umumta’lim maktabi va Galaosiyo sanoat kasb-hunar kollejlarida ham "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida o‘tkazilgan darslarda o‘quvchilarga istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan beqiyos islohotlarning mohiyati, iqtisodiyotimiz salohiyati va qudrati kun sayin yuksalib borayotgani haqida atroflicha tushuntirildi.

—An’anaviy tarz¬da o‘tkazilayotgan bu darslar o‘quvchilarga katta saboq bermoqda,—deydi tumandagi 10-umumta’lim maktabi direktori Otabek Ramazonov.—Ushbu darslar o‘quvchilar qalbida Vatan, xalq, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat, ertangi kunga ishonch kabi tuyg‘ularni chuqur singdirishga xizmat qiladi. Shu kuni maktabimizga ilk qadam qo‘ygan 56 nafar 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi. 30 nafar o‘quvchining 10-sinfga qabul qilingani barcha uchun ayni muddao bo‘ldi.

Darslar davomida Mus¬taqilligimizga asos solgan mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasi yod etildi, O‘zbekistonning buyuk kelajagi, tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlari haqida hikoya qilindi.

— Islom Karimov — mamlakatimizning har tomonlama mustahkam poydevorini o‘rnatgan, uni rivojlangan davlatlar qa-toriga ko‘tarish, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, jamiyat farovonligini oshirish yo‘lida butun umrini baxshida etgan millatimizning bebaho farzandi,—dedi mazkur tadbirlarda so‘zga chiqqan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Zarif Komilov.—Uning shonli hayoti, keng ko‘lamli, ibratli umr yo‘li, qoldirgan boy, ilmiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy merosini o‘rganish, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, kelajak avlodlarga asl holicha yetkazish shu zaminda tug‘ilib kamol topayotgan har bir inson uchun muqaddas va sharafli burchdir.

Viloyatimizning barcha ta’lim dargohlarida bo‘lib o‘tgan bu kabi darslar yosh avlodga Vatan va ozodlik qadrini yana bir marta anglatgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Orqaga Chop Etish  126 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation