Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun ustuvorligi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun ustuvorligi.

Xalqimiz inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish sari dadil odimlamoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ushbu g‘oyaning mustahkamlab qo‘yilgani bu jarayonni ro‘yobga chiqarishning ishonchli kafolatidir. Bosh Qomusimizning 35-moddasida belgilanganidek, har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egadir. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
2017 yil 11 sentyabrda qabul qilingan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri esa fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalashda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Zero, ushbu qonun hujjatlarini amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, jamiyatimizda qonun ustuvorligi, tartib-intizom, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonun ustuvorligini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bo‘linma tomonidan joriy yilning 3-choragi davomida qabul qilingan 48 ta murojaatlardan 13 tasi qanoatlantirildi va 35 tasiga tushunchalar berilib qanoatlantirildi.
Jumladan, Oxshix qishloq fuqarolar yig‘ini Ko‘libolo qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Fozilov, Buxoro shahrida yashovchi fuqarolar Z.Qurbonov, Sh.Umarov va R.Kadirovalarning uylariga telefon nuqtalarini o‘rnatib berish to‘g‘risida qilgan murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqilib, ushbu fuqarolarning uylariga telefonlar o‘rnatib berildi.
Kogon shahrida yashovchi fuqarolar Sh.Qanoatova va A.Chernishovalarga yetkazilmagan davriy nashrlar o‘rganish davomida obunachilarga yetkazib berilib, ushbu murojaatlar qanoatlantirildi.
Buxoro shahrida yashovchi fuqaro M.Yusupov va Kogon shahrida yashovchi fuqaro A.Salimovlarning Uzonlayn internet sifati pastligi to‘g‘risida qilgan murojaatlari o‘rganib chiqilib, internet sifati yaxshilandi va Buxoro shahrida yashovchi fuqaro J.Umarovning telefoni internet tarmog‘iga ulab berildi. 
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ko‘rsatilayotgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sifatini yaxshilash, sohada mavjud muammolar bo‘yicha mijozlardan tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida pochta aloqasi, telekommunikatsiya, televideniye va mobil aloqa operatorlarining mijozlarga xizmat ko‘rsatish joylarida o‘zlarining ishonch telefonlari xizmatlariga murojaat qilishlari hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining “1144” raqamli ishonch telefonlari kunu-tun mijozlar uchun murojaatlarini qabul qilinishi tashkil etilgan.
Xulosa sifatida shuni ta’¬kidlash lozimki, davlat organlari va muassasalari faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash hamda yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va manfaat¬lari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan zarur choralar¬ni ko‘rish murojaatchilarning adolatga¬ bo‘lgan ishonchini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 
 

Aloqa, axborotlashtirishva telekommunikatsiya 
Texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat
inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi
inspektori F.Boltayeva

Orqaga Chop Etish  126 |   19-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation