Bosh sahifa /  Yangiliklar /  BMTning nufuzli kengashi vakillari Buxoroda
BMTning nufuzli kengashi vakillari Buxoroda

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari 7 oktyabrda viloyatimizda bo‘ldi.

Mehmonlar viloyatga tashrifini islom olamida mashhur naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. Ulug‘ pir qabri oldida Qur’on tilovat qilindi.

Sobiq tuzum davrida — din taraqqiyot dushmani, jaholat sifatida qatag‘on qilingan yillarda islom ilmi va ma’rifatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar qadamjolari, xususan, Bahouddin Naqshband dafn etilgan maqbara va uning atrofi tashlandiq holga kelib qolgan edi. Mustaqillik yillarida bu maskan ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida obod etilib, muborak ziyoratgohga aylantirildi. Bahouddin Naqshband merosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentimizning joriy yil 11 iyuldagi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi shu yerda viloyatning bir guruh imom-xatiblari bilan muloqotda bo‘ldi. Unda islom tinchlik va ezgulik dini ekani ta’kidlandi. Yer yuzining turli nuqtalarida ekstremistik oqimlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida islomni noto‘g‘ri talqin qilib, dunyo jamoatchiligida muqaddas dinimiz haqida buzg‘unchilik va qo‘poruvchilik manbai sifatida tasavvur uyg‘otishga harakat qilmoqda. Shu niyatda, ayniqsa, hali oq-qorani yaxshi ajratolmaydigan yoshlar ongini zaharlashga urinayotir. Mamlakatimizda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga qaratilgan turli ma’rifiy-tar¬¬¬¬¬¬biyaviy tadbirlar olib borilmoqda.

Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari viloyat hokimi O‘.Barnoyev bilan uchrashdi. Mehmonlarga fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bunda viloyat, tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari muhim o‘rin tutayotgani to‘g‘risida so‘zlab berildi. Xalqaro nufuzli tashkilot vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Mehmonlar qadimiy Masjidi Kalonda ham bo‘ldi.

Viloyatda uchta diniy ta’lim muassasasi — Mir Arab oliy madrasasi, Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti, Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi va delegatsiyasi a’zolari Mir Arab o‘rta maxsus hamda Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida bo‘lib, tolibi ilmlar va mudarrislar bilan uchrashdi. Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtida qadimiy xattotlik san’ati namunalari va toliblarning "ustoz — shogird" an’anasi asosida arab yozuvining turfa usullarini puxta egallayotgani bilan tanishdi. Ayol-qizlar islom bilim yurtida talabalarning dars mashg‘ulotlaridan so‘ng milliy xalq hunarmandligi to‘garagida shug‘ullanib yaratgan zardo‘zlik va patdo‘zlik buyumlari ko‘rgazmasini, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Bugungi kunda viloyatda 7 diniy konfessiya¬ga mansub 117 diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. Yahudiylar e’tiqod qiladigan dinga qarashli sinagoga shular jumlasidandir.

— Boshqa konfessiyalar qatori bizga ham o‘z diniy marosimlarimizni emin-erkin ado etishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan, — dedi Buxoro yahudiylari jamoasi rahbari Abram Isxakov. — Sinagogamiz 420 yillik tarixga ega. Bu yerda dunyoning qator taniqli davlat arboblari bo‘lgan. Ular aksariyat musulmonlar yashaydigan hududda sinagoga faoliyat yuritishini diniy bag‘rikenglik sifatida baholab, uni noyob, dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun ibrat, deya e’tirof etgan. Bugungi kunda ivrit tili, xalqimiz tarixi hamda O‘zbekis¬ton Respublikasi davlat ta’lim standartlariga muvofiq boshqa fanlar o‘rgatiladigan umumta’lim maktabimiz bor.

Mehmonlar tashrif doirasida Buxoro shahridagi Ahmad Donish nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Bu yerda 7 millat vakillari ahil va hamjihat istiqomat qiladi. Diniy amallari turlicha. Lekin mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, yoshlar tarbiya¬siga butun jamoatchilik mas’ul.

Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mahalla faollari, turli madaniy markazlar vakillari bilan uchrashuvda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Orqaga Chop Etish  134 |   12-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation