Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Vazirlar Buxoroga borishdi
Vazirlar Buxoroga borishdi

7-8 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan oltita vazirlik va davlat tashkilotlari rahbarlari Buxoro viloyati, shahar va tumanlarida aholi bilan sayyor qabullar o‘tkazadi. 

Xabarda aytilishicha, Buxoro viloyatiga Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, lavozimiga endi kirishgan Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy, soliq qo‘mitasi raisi Botirjon Parpiyev tashrif buyurishadi. Sayyor qabullarda buxoroliklar o‘zlarini qiziqtirgan savollar boyicha yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan ertalab soat 9:00dan to kech soat 21:00gacha suhbatlashishi, muammolar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

Xususan, Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev 7 sentyabr​ kuni Vobkent tumanidagi «Porloq Kelajak» lagerida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashadi. 8 sentyabrda esa Buxoro davlat universiteti binosida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor, Qorako‘l tumanlari aholisi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov xuddi shunday reja asosida, ya’ni 7 sentyabr kuni Vobkent maishiy xizmat kollejida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlari aholisini qabul qiladi. 8 sentyabr kuni Oliy sud raisi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filialida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor, Qorako‘l tumanlari aholisi bilan uchrashadi.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 7 sentyabr kuni Vobkent iqtisodiyot kollejida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlarida yashovchi fuqarolarni qabul qiladi. 8 sentyabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor va Qorako‘l tumanlari aholisi ichki ishlar vaziriga murojaat qilishi mumkin.

7 sentyabr kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletov G‘ijduvon agrosanoat kollejida soat 9dan tush payti, soat 14:00gacha Shofirkon, Vobkent va G‘ijduvon tumanlari aholisi bilan uchrashadi. Shu kuni vazir soat 16:00dan 21:00ga qadar Buxoro tumanidagi sanoat kasb-hunar kollejida Buxoro shahri, Buxoro, Romitan va Peshku tumanlari aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Davletov 8 sentyabr kuni kunning birinchi yarmida Kogon shahridagi 2 bolalar musiqa va san’at maktabida Kogon va Qorovulbozor aholisi bilan, soat 16:00dan 21:00gacha esa Qorako‘l tumanidagi 5-maktabda Qorako‘l, Olot va Jondor tumanida aholi bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy 7 sentyabr kuni soat 9:00dan 15:00ga qadar Buxoro neft-gaz kollejida Buxoro, Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon, Romitan va Qorovulbozor tumanlari aholisi bilan uchrashadi. Shu kuni 17:00dan 21:00gacha esa G‘ijduvon tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabida Shofirkon, Vobkent, Peshku va G‘ijduvon tumani aholisini qabul qiladi. 8 sentyabr kuni bojxona qo‘mitasi raisi Olot tumanidagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabida Olot, Qorako‘l va Jondor tumanlari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botirjon Parpiyev 7 sentyabr kuni Qorako‘l tumanidagi 5 maktabda 9:00dan 15:00gacha Qorako‘l, Olot va Jondor tumanlarida yashovchi fuqarolarni qabul qiladi. Soat 17:00dan 21:00ga qadar Parpiyev Buxoro davlat universitetida sayyor qabul o‘tkazadi. 8 sentyabr kuni soliq qo‘mitasi raisi Vobkent iqtisodiyot kollejida soat 9:00dan 15:00gacha Vobkent, Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari aholisi bilan, soat 17:00dan 21:00gacha Buxoro tumanidagi 16-maktabda Buxoro, Romitan va Peshku tumanlarida yashovchi aholi bilan uchrashadi.

Orqaga Chop Etish  348 |   08-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation