Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.

Vazirlik tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning shahar va tuman bo‘limlari kiritildi.

Farmonda qayd etilishicha, so‘nggi 20 yil davomida O‘zbekistonda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroqqa kamaydi, bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish esa bor-yo‘g‘i 30 foizga yaqinroqni tashkil etgan.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi talablarga javob bermaydi, deyiladi farmonda. Amaldagi tizimda bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishonchli ta’lim modellari, ularni ijtimoiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi rivojlangan davlatlar tajribalariga asoslangan davlat dasturlari mavjud emas.

Davlat MTMLarida aksariyat pedagogik kadrlar o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni maktab ta’limini tayyorlashni yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib kelmoqda.

Yangi vazirlikning asosiy vazifalari bosqichma-bosqich barcha bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish, mamlakatda o‘zaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog‘ini yaratish, amaliyotga maktabgacha ta’lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini joriy etishdan iborat.

Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy texnologiyalar va metodlar bazasida qayta tayyorlash, shuningdek bolalarni tarbiyalashning munosib sharoitlarini yaratish rejalashtirilgan.

Barcha MTMlar mahkamaviy tegishligidan qat’i nazar yangi vazirlik tizimiga o‘tkaziladi. O‘zbekistonning barcha hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha davlat va nodavlat MTMlarni tashkil etish, shuningdek maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tatbiq qilish yo‘li bilan bolalarni maktabgacha ta’limga to‘liq qamrab olish rejalashtirilmoqda.

Orqaga Chop Etish  177 |   03-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation