Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Vatan himoyachilari sayohati boshlandi
Vatan himoyachilari sayohati boshlandi

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan e’lon qilingan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida sayohatning yangi yo‘nalishlari o‘zlashtirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi va viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Vatan himoyachilari sayohati” dasturiga start berildi.


Ushbu dasturga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelib Buxoro shahri va Qorako‘l tumanidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan 100 nafarga yaqin Vatan himoyachilari Buxoroning madaniy-meros ob’ektlari, ziyoratgohlar hamda diqqatga sazovor joylarga sayohatga chiqishdi.


Sayohat jarayonida yosh askar ofitserlar “Asia global elite” turistik kompaniyasi hamrohligida “Abu Ali Ibn Sino” memorial muzeyi, “Abduxoliq G‘ijduvoniy” va “Sitorai Moxi Xossa” majmualari, “Ark qo‘rg‘oni”, “Samoniylar” maqbarasi va “Labi hovuz” maydoni kabi ob’ektlarga tashrif buyurishib, buyuk ajdodlar, olimu-ulamolarning hayot va ijod yo‘llari hamda qadimiy tariximiz bilan yaqindan tanishishdi.


Shuningdek, yosh Vatan himoyachilari Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Mahoratli panzandalar” ko‘rik-tanlovida qatnashib, Buxoro kinoteatrida qiziqarli kinofilm tomosha qilish va tungi Buxoroda sayr qilish imkoniga ega bo‘lishdi.


Davlatimiz rahbari tomonlaridan Yangi yil bayrami munosabati bilan 5 kunlik dam olish kunlari etib belgilanishi Buxoro viloyati aholisi uchun ham yanada ko‘taringki bayramona kayfiyat ulashdi.
Dam olish kunlari korxona va tashkilotlar ishchi xodimlarining oilaviy sayohatga chiqishi kutilmoqda.

Orqaga Chop Etish  598 |   02-01-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 64
  • Ko`rib chiqilmagan: 25
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-08-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation