Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yong‘in xavfsizligi saboqlari
Yong‘in xavfsizligi saboqlari

Olov – tilsiz yov, deydilar. Shu bois barchadan yong‘in xavfsizligiga oid nazariy va amaliy bilimlarni puxta o‘zlashtirish talab etiladi. Butun respublikada bo‘lganidek, vohamizda haftaning har chorshanba kuni o‘tkazilayotgan "Yong‘inlar profilaktikasi kuni" ham ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning joriy yil 23 maydagi "Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliya¬tini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu borada soha vakillari uchun dasturilamal bo‘lyapti.

Yaqinda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Yon¬g‘in xavf¬sizligi boshqarmasi tasarrufidagi o‘t o‘chirish texnikalari va asbob-anjomlari namoyishining o‘tkazilgani ham shu yo‘nalishdagi ishlar sirasidandir. Ko‘hna Ark qal’asi oldidagi maydonda o‘tgan mazkur tadbirda bosh¬qarma xodimlari, OAV vakillari, kollej va maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Ko‘rgazma davomida mutaxassislar tomonidan yoshlarga o‘t o‘chirish mashinalari hamda jihozlarini ishlatish tartib-qoidalari tushuntirildi. Ularga favqulodda holatlarda qanday harakat qilishga oid maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, o‘quvchilar o‘rtasida yong‘in o‘chirish birlamchi vositalaridan foydalanish, qisqa vaqt ichida maxsus jangovar kiyimlarni kiyish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. O‘z navbatida tajribali o‘t o‘chiruvchilarning ko‘rgazmali chiqishlari ham tadbirning mazmunli o‘tishini ta’minladi.

Orqaga Chop Etish  258 |   13-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation