Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Al-Buxoriy yurtdoshlari Malayziyada
Al-Buxoriy yurtdoshlari Malayziyada

O‘zbekistondagi butun turizm tarmog‘ini rivojlantirish, shu jumladan Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini targ‘ibot qilish, zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish, turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish davlatimiz va hukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida turizm sanoatini va turizm infratuzilmasini rivojlantirishda band bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari soni kundan kunga oshib bormoqda.

Xususan hozirgi kunda Buxoro viloyatida jami 120 ta (2013 yilda 46 ta) mehmonxona va 37 ta (2013 yilda 6 ta) tur operatorlik xizmati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 260 o‘rinli 17 ta mehmonxonalar tashkil etildi. 

Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va foydalanish samaradorligini oshirish, takrorlanmas tarixiy-madaniy meros ob’ektlari bilan sayyohlarni keng tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Buxoro viloyat hokimligi ko‘magida bir guruh turizm sohasi vakillari Malayziyaning Kuala-lampur shahrida joriy yilning 8-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “MATTA FAIR-2017” Xalqaro turistik yarmarkasida qatnashishdi. Ushbu ko‘rgazmada Buxoro va yurtimizning ko‘zga ko‘ringan "Authentic Travel", "Silk Road Voyages", "Classic Tour", "East Line Tour" kabi nomdor sayyohlik tashkilotlari ishtirokchilar va sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha o‘z turistik mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston va Buxoro to‘g‘risida qiziqish bildirgan 4000 mingdan ortiq ishtirokchilarga yurtimiz va uning boy tarixi hamda diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot berildi. Ko‘rgazma natijalariga ko‘ra birgina viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Shaxriyorov boshchiligidagi Buxoro delegatsiyasi vakillari dunyoning turizm sohasida faoliyat yurituvchi 300 ga yaqin tashkilotlar bilan muzokaralar olib borib, uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha 150ga yaqin shartnoma va kelishuvlarga erishdilar. Ta’kidlash lozimki, ushbu yarmarkada Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev va “MATTA FAIR-2017” Xalqaro turistik yarmarkasi ijrochi direktori Fua Tay bilan olib borilgan muzokaralar asosida Buxorolik turistik tashkilotlar uchun bitta maxsus pavilion O‘zbekistonning, shu jumladan Buxoroning turistik salohiyatini namoyon qilishi uchun bepul taqdim etildi.

Ushbu tadbirda Buxoro delegatsiyasining ishtiroki mahalliy ishtirokchilar tomonidan juda iliq kutib olinib, istiqbolda O‘zbekiston va Malayziya davlatlarining turizm sohasidagi hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 
 
 
 
Orqaga Chop Etish  294 |   12-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation