Bosh sahifa /  Yangiliklar /  «O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida viza bo‘lmasligi kerak» — Shavkat Mirziyoyev
«O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida viza bo‘lmasligi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uning Anqaraga tashrifi arafasida Turkiya fuqarolari uchun soddalashtirilgan viza jarayonlari e’lon qilinganini faqatgina ikki mamlakatning yaqinlashish yo‘lidagi ilk qadam deb atadi.

«Shunday kunlar keladiki, azaliy do‘st va qardosh xalqlarimiz o‘rtasida viza bo‘lmaydi. Biz buni amalga oshirishga albatta harakat qilamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan muzokaralari yakunlari bo‘yicha jurnalistlar oldida so‘zga chiqar ekan.

«Ko‘zlarimizdan ko‘rinib turibdiki, 20 yillik tanaffusda biz bir-birimizni sog‘inganmiz», — deya qayd etgan Shavkat Mirziyoyev ikki davlat rahbarlari muzokaralar davomida bir-birlarini «yarim so‘zdan emas, balki gapirmasdan, ko‘z bilan tushunishini» ta’kidlab o‘tdi.

Yilning birinchi to‘qqiz oyi ichida ikki davlat o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi qariyb 30 foizga o‘sganini ta’kidlagan Prezident: «Bu juda kam», — dedi. «Biz katta-katta marralarni ko‘zlashimiz kerak», — deya qo‘shimcha qilib, gap 2−3 mlrd dollar emas (2016 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi), balki 5−6 mlrd dollar haqida borishi kerakliga e’tibor qaratdi.

Matbuot anjumanida 16 martdan «Turkiya avialiniyasi» Istanbuldan Samarqanda parvozlarni boshlashi ma’lum qilindi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 30 oktyabrdan mazkur yo‘nalish bo‘yicha doimiy reysni ochadi. Anqarada aviatashuvchilar o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbek-turk bizens-forumida 3,5 mlrd dollarlik 35 ta hujjat imzolanishini ma’lum qildi.

«Turkiya biz uchun xalqaro maydonda ishonchli va muhim sherik va biz buni alohida qadrlaymiz», — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on O‘zbekistonni barcha munosabatlarda strategik mamlakat, Shavkat Mirziyoyev tashrifini esa tarixiy hodisa deb atadi.

U o‘zaro savdo darajasi ikki davlat salohiyatiga mos kelmasligini ham ma’lum qildi.

«Do‘st va qardosh xalq sifatida O‘zbekistonning kuchli mamlakat bo‘lishidan manfaatdormiz», — dedi Turkiya Prezidenti.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on o‘z nutqini shoir Abdulla Oripovning «O‘zbekiston» she’ridan bir parcha keltirish bilan yakunladi:

Muzaffar bo‘l, g‘olib bo‘l, o‘ktam,

Do‘stu yoring, qardoshing bilan.

Asrlarning silsilasida

Boqiy turgay koshonang sening.

Ulug‘ bashar oilasida…

Orqaga Chop Etish  137 |   30-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation