Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  YaNGI YIL BAYRAMI KUNLARI BUXOROGA SAYOHAT MAROQLI O‘TMOQDA
YaNGI YIL BAYRAMI KUNLARI BUXOROGA SAYOHAT MAROQLI O‘TMOQDA

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yangi yil bayrami munosabati bilan 5 kunlik dam olish kunlari e’lon qilinishi butun mamlakat miqyosida aholining bayramona kayfiyatni yanada oshirish va ularning maroqli dam olishlari uchun ayni muddao bo‘ldi.


Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar asosida aholining dam olish va sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida temir yo‘l va aviachiptalar bo‘yicha chegirmalar belgilanganligidan foydalangan holda bir guruh vatandoshlarimiz “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida Buxoroga sayohat qilishga intilmoqda. Shu bilan bir qatorda Buxorodagi mehmonxona va restoranlar egalari ham yangi yil bayrami munosabati bilan belgilangan “oltin haftalik”, ya’ni 5 kunlik dam olish kunlarida 50 foizgacha chegirmalar e’lon qilishdi.

Viloyatda tashkil etilgan ijodiy guruh tomonidan Buxoroga sayohatga kelgan fuqarolar bilan suhbatlashilganda, ular yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz rahnomoligida amalga oshirilayotgan yangi o‘zgarishlar, barchani bayramona kayfiyatini yanada oshirishga, 5 kun davomida faqat uyda o‘tib qolmasdan, boy qadimiy tarix, madaniy-meros ob’ektlariga sayohatga chiqish va ulug‘ qadamjolarni ziyorat qilish uchun qulay imkoniyat yaratganligi ta’kidlashmoqda.
Bayram kunlari oilasi bilan sayohat qilish maqsadida Samarqand viloyati Toyloq tumanidan kelib, Buxoro shahridagi “Rangrez” mehmonxonasiga joylashgan Ergasheva Xadicha Mahmudovna, ichki turizm yo‘nalishida yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mehmonxonada e’lon qilingan 50 foizli chegirmalardan foydalanganligini mamnuniyat bilan ma’lum qildi.


Ijodiy guruh bu kabi ko‘plab yurtdoshlarimiz bilan uchrashib ularning bu yilgi bayram tadbirlarini yangicha tashkil etilganligi, mroqli dam olish va sayohatga chiqish bo‘yicha avvallari bo‘lmagan keng imkoniyatlar joriy etilayotganligidan bag‘oyat xursandliklarini bildirishmoqda. 
Mehmonxona va restoranlar vakillari esa bu kabi tashabbuslar tufayli ko‘plab mahalliy sayohlarni qabul qilayotganliklaridan mamnun bo‘lishib, avvallari qishki mavsumda mehmonxonalar bo‘shab qolishi, ko‘pchilik ishchi-xizmatchilarga ta’til berishga to‘g‘ri kelishi va belgilangan chegirmalar ularning faoliyatiga salbiy ta’sir etmasligi haqida fikr bildirishmoqda.


Muxtasar qilib aytganda davlatimiz rahbarining turizmni rivojlantirish masalasini yangi bosqichga olib chiqilishi, bu yo‘nalishda mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.
Buxoroda ichki turizm yo‘nalishdagi qiziqarli sayohatlar davom etmoqda.

Orqaga Chop Etish  866 |   02-01-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

15-12-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation